Koreyada 1904-yildan beri eng issiq harorat qayd etildi – 42,5 gradus. Prezident buni milliy falokat deya atadi. Katta kompaniyalar esa öz xodimlariga 10 kungaça mehnat ta’tili berdi, hattoki ular xorijga ham kompaniya hisobidan dam olişga jönatilgan. Koreyada ta’tilni iqtisodiy zarar emas, mehnat huquqining bir qismi va kelajakka investitsiya deb qabul qilişadi, deydi Kun.uz bilan gaplaşgan Seuldagi tadqiqotçi Doniyor Boboyev.

Köp davlatlar qatori şu kunlarda Koreya Respublikasida ham öta issiq yoz hukmron. 1904-yildan beri bu mamlakatda eng yuqori havo harorati qayd etildi, bu – 42,5 daraja. Prezident Li Je Myong vaziyatni milliy falokat deb atagan. Davlat xodimlarga yoppasiga ta’til bermasa-da, ular uçun zarur mehnat şaroitlarini yaratiş, aholi uçun esa issiqdan himoyalaniş vositalarini taşkil qilişda juda faol bölmoqda.

Doniyor Boboyev bugun Koreyaning Joongbu xalqaro universitetida tadqiqotçi, koreys kompaniyasida işlaydi. Kun.uz bilan suhbatda aytişiça, havo rostdan ham har yilgidan-da issiq. Ayniqsa, mamlakatning okeanda joylaşgani hisobga olinsa, namlik sabab issiq havo yaşaş uçun karrasiga noqulay.

Lekin Koreya hukumati va hududlar hokimliklari odamlar uçun qölidan kelganini qilmoqda. Jumladan, avtobus bekatlarida sovitiş moslamalari, köçalarda salqinlaş xonalari, avtobus içida va tegişli nuqtalarda bepul salqin içimliklar hamda soyabonlar berilmoqda. Hattoki, katta koreys kompaniyalari öz xodimlariga 3 kundan 10 kungaça puli tölanadigan mehnat ta’tillari bermoqda.

Barça katta kompaniyalarning işçilari hozir ta’tilda, hattoki xorijga ham dam olgani jönab ketişgan. Bilasizmi, Koreya xalqi juda mehnatkaş va mana şu mehnatsevarlik davlatning iqtisodiy mö’jizasi sababi. Lekin, köp işlaşsa ham mehnat huquqlariga juda qat’iy amal qilişadi. Masalan, Koreyada hozirgi kunda berilgan ta’tilni iqtisodiy zarar emas, xodimlarning kelgusi faoliyati va natijadorlik uçun investitsiya deb bilişadi, deydi Doniyor Boboyev.

Bundan taşqari, ta’tillar nafaqat koreys fuqarolarga, balki millati, irqi, jinsidan qat’iy nazar öşa kompaniyaning barça xodimlariga birdek amal qiladi. Sababi Koreyada mehnat muhofazasi qonuniyati hamma uçun barobar işlaydi.

Özbekistonda çilla tugadi, ammo şu hafta oxirida yana havo harorati yuqori. Respublika qonunçiligida noqulay ob-havo şaroitlarida yoppasiga ta’til beriş normasi yöq, ammo xodimlarning soğliği va xavfsizligini ta’minlaş uçun barça çoralarni köriş majburiy. Şuningdek, ötgan oydagi anomal issiq oqibatida xodimlariga ta’til bergan taşkilot hamda kompaniyalar borasida ma’lumotlar uçragani yöq.