Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyi Fabio Kannavaro Janubiy Koreyaga (0:2) qarşi örtoqlik öynidan keyin öz fikrlarini aytdi.

- Juda yaxşi öyin böldi. Natija borasida, albatta, afsusdamiz, biroq öyin sifati nuqtai nazaridan jamoamiz munosib harakat qildi. Futbolçilarga raqibga imkon qadar köproq qiyinçilik tuğdiriş vazifasini qöygandik. Öyinning har ikki bölimida ham köplab vaziyatlar yaratişga muvaffaq böldik. Kuçli raqibga qarşi bahslarda esa kiçik tafovutlar ham yakuniy natijani belgilab beradi.

- Eng avvalo, futbolçilardan işonç bilan maydonga tuşişni talab qildim. Raqib maydonida bunday darajadagi öyin ötkaziş oson emasligini yaxşi anglagandik. Ğalaba bilan qaytiş uçun öyinning barça jihatlari yuqori saviyada bölişi kerak edi. Bu, avvalo, yuqori intensivlik, faol harakat va töp nazoratini anglatadi.

– Natijada mazkur jihatlarning maʼlum qismini amalda namoyiş eta oldik. Öyin davomida köplab golli vaziyatlarini yaratdik. Janubiy Koreyaning aniq zarbalari sonini hisobga oladigan bölsak, menimça, ular bor-yöği ikki marta jiddiy xavf yaratişdi. Biz yaratgan vaziyatlarda esa raqib darvozaboni bir qator muhim seyvlarni amalga oşirdi. Bu esa yaratilgan imkoniyatlardan foydalana olmaganimizning asosiy sabablaridan biri böldi. Şunday bölsa-da, bu - futbol. Kelgusida ham jamoamizni yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş yöllarini izlaşda davom etamiz.

- Jamoaga tayinlanganimdan söng, Jahon çempionatiga qadar tarkibga katta özgarişlar kiritmaslikka qaror qildim. Öşa davrda tub özgarişlar qilişdan köra, avvalgi boş murabbiy tomonidan olib borilgan işlarni davom ettirişni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Çunki aynan öşa jamoa Jahon çempionatiga çiqişdek muhim natijaga erişgan edi.

– Jahon çempionatidan söng esa jamoada muayyan özgarişlarni amalga oşirişga kirişdik. Xususan, yoş futbolçilarga köproq imkoniyat beriş yölini tanladik. Özbekiston Futbol Assotsiatsiyasi yoşlar futboliga katta eʼtibor qaratib, uşbu yönalişga sezilarli sarmoya kiritmoqda. Zarur infratuzilma va şaroitlar ham yaratilayotganini inobatga olib, jamoada bosqiçma-bosqiç özgarişlarni amalga oşirişni töğri deb bildik. Hozir uşbu jarayon izçil davom etmoqda. Bugungi öyin ham yoş futbolçilarimiz uçun kuçli raqibga qarşi bahsda katta tajriba orttiriş imkonini berdi.

– Yakunda eng muhim omil - futbolçilarning ruhiy tayyorgarligi hamda yuqori saviyadagi futbol namoyiş etişga asoslangan yagona falsafadir. Ana şu yönalişda izçil harakat qilsak, oldimizga qöygan maqsadlarimizga erişa olişimizga işonaman.