AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelişuv «ikki-uç soat içida» tuzilişi mumkinligini aytdi. Bu haqda u bilan suhbatlaşgan Fox News muxbiri Treyt Ignst xabar qildi.

Trampning sözlariga köra, kelişuv avval elektron şaklda imzolanadi, keyin esa bir hafta içida tomonlar uni «Yevropaning biror joyida» şaxsan imzolaydilar.

Tramp şuningdek, Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qilgani va Bayrut atrofiga qilingan hujumlar böyiça uni söroqqa tutganini bildirdi.

Isroilning N12 telekanaliga bergan intervyusida AQŞ prezidenti Netanyahuni «aslo ehtiyotkor emas» deb atadi va mazkur hujum tomonlar örtasida kelişuv imzolanişining keçikişiga sabab bölganini ta’kidladi.

Axios naşri bilan suhbatda Tramp Eron bilan kelişuv kutilayotganidek yakşanba kuni imzolanişini tasdiqladi. Uning aytişiça, maslahatçilari Isroil Bayrutga zarba bergani haqida aytişganida şokka tuşgan.

«Bu dahşat - men bunga işona olmadim. Bu kelişuv imzolaşimizdan bir soat oldin sodir böldi! Bibiga bu hujumni amalga oşiriş nega kerak böldi? Men juda ğazablandim. Unda soğlom fikr yöqligini aytdim», — dedi Amerika yetakçisi.

Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Isroilning Bayrut yaqiniga hujumini tanqid qildi. Isroil armiyasi hujum nişonlari sifatida Hizbullohning qömondonlik markazini körsatgandi.

Donald Tramp avvalroq 14 iyun kuni AQŞ va Eron örtasida mojaroni yakunlaş böyiça kelişuv imzolanişini ma’lum qilgandi.

Öz navbatida, Eronning Fars agentligi Tehron Vaşington belgilagan muddatda AQŞ bilan kelişuvni imzolaşga tayyor emasligi haqida xabar berdi.