Prezident Şavkat Mirziyoyev Ostona şahrida bölib ötayotgan Aqaba jarayoni uçraşuvi doirasida Iordaniya podşohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uçraşdi.
Davlat rahbari dunyoda yangi tahdidlar kuçayib borayotgan bugungi kunda Iordaniya podşohi taşabbusi bilan yölga qöyilgan uşbu platforma tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.
Uçraşuvda ikki davlat örtasida köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari, şu jumladan, oliy darajada erişilgan kelişuvlarning borişi muhokama qilindi.
Sönggi yillarda özaro taşrif va muloqotlar jadal tus olgani mamnuniyat bilan taʼkidlandi. Havo qatnovlari yölga qöyildi, Hukumatlararo qöşma komissiya yiğilişi ötkazilib, Işbilarmonlar kengaşi taʼsis etildi.
Suhbat davomida hamkorlikni yanada rivojlantiriş, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni jadallaştirişga kelişildi.
Özbekiston va Iordaniya yetakçilari bölajak oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlar rejasi hamda kun tartibidagi boşqa masalalar yuzasidan ham fikr almaşdilar.











