Özbekiston prezidenti 2026-yil 6-noyabr kuni Xavfsizlik masalalari böyiça «ŞHT plyus» birinçi ekspertlar muloqoti iştirokçilariga yöllagan murojaatida zamonaviy tahdidlarga qarşi hamkorlikni kuçaytiriş zarurligini qayd etdi.

Özbekiston taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlar, kuzatuvçi va muloqot böyiça şerik mamlakatlar maxsus xizmatlarining rahbarlari hamda vakillari iştirok etmoqda.

Davlat rahbarining taʼkidlaşiça, geosiyosiy keskinlik va qurolli mojarolar avj olayotgan şaroitda axborot xavfsizligini taʼminlaş hamda muhim infratuzilmalarni himoya qiliş masalalari yanada dolzarblaşmoqda.

Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt va global kommunikatsiya vositalari taraqqiyot uçun imkoniyatlar oçiş bilan birga, yangi muammolarni ham keltirib çiqarmoqda. Prezident kibermakon tarmoq hujumlari, jamoatçilik ongini boşqariş va yolğon axborot tarqatiş vositalari faol qöllanayotgan asosiy töqnaşuvlar maydoniga aylanganini taʼkidladi.

Murojaatda terrorçi taşkilotlarning raqamli muhitdan foydalanayotgani alohida taşviş uyğotayotgani qayd etildi. Internet platformalari radikal ğoyalarni tarğib qiliş, yangi tarafdorlarni jalb etiş, mablağ töplaş va çegara tan olmaydigan ekstremistik birlaşmalarni şakllantiriş vositasiga aylanib bormoqda.

Bunday şaroitda, ayniqsa, yoşlar zaif toifa bölib qolmoqda. Buzğunçi kuçlarning ular ongiga maqsadli taʼsir ötkazişi, ijtimoiy ziddiyatlardan foydalanişi va toqatsizlik ğoyalarini tarqatişi millatlararo hamda dinlararo totuvlikka putur yetkazişi mumkin.

«Heç bir davlat çegara bilmaydigan tahdidlarga yakka özi töliq qarşi tura olmaydi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezident xavf-xatarlarga tezkor munosabat bildiriş bilan birga, ularning oldini oliş zarurligini taʼkidladi. Buning uçun tahdidlarni aniqlaş, özaro axborot almaşiş, milliy salohiyatni mustahkamlaş va kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqiş lozim.

2026-yilda ŞHT taşkil etilganining 25 yilligi nişonlanmoqda. Özbekiston taşkilotning hammuassislaridan biri sifatida uning xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni taʼminlaşdagi rolini kuçaytirişga ahamiyat qaratmoqda.

Şavkat Mirziyoyev ŞHTning yangi tahdidlarga öz vaqtida javob beriş qobiliyati köp jihatdan maxsus xizmatlarning yaqin hamkorligiga boğliqligini qayd etdi. U muloqot xalqlar xavfsizligi va davlatlar barqaror taraqqiyoti uçun amaliy hamkorlik yönalişlarini belgilaşga xizmat qilişiga işonç bildirdi.