Prezident Şavkat Mirziyoyev 5-noyabr kuni “Navoiyuran” korxonasi va “Özbekiston texnologik metallar kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2026-yildagi ustuvor vazifalari hamda kelgusi rejalari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Taqdimotda dastlab “Özbekiston texnologik metallar kombinati” faoliyati va uni rivojlantiriş rejalari körib çiqildi. Joriy yil yakuniga qadar 12 ta investitsiya loyihasini işga tuşiriş, mahalliylaştirilgan mahsulotlar turini köpaytiriş, yuqori soflikdagi selen va tellur işlab çiqarişni kengaytiriş rejalaştirilgan.
Davlat rahbari muhim minerallar böyiça istiqbolli loyihalarni tezlaştirib, mavjud 5 turdagi mahsulotga (volfram, molibden, selen, tellur, reniy) qöşimça ravişda yana 11 turdagi mahsulot (nikel, kobalt, grafit, surma, qalay, marganets, platina, vanadiy, simob va mis) işlab çiqarişni özlaştiriş vazifasini qöydi. Şuningdek, sohaga ilm-fan yutuqlarini keng jalb etib, qöşimça mineral zaxiralarni aniqlaş muhimligi taʼkidlandi.
Rejaga köra, 2030-yilgaça 16 turdagi muhim metallar böyiça işlab çiqariş hajmini 2,7 milliard dollardan oşiriş közda tutilmoqda.
Ayniqsa, volframni çuqur qayta işlaş böyiça yirik loyihalar işlab çiqilgan. Ularni amalga oşiriş uçun 1,1 milliard dollar investitsiya jalb qiliş, 2030-yilga borib, uşbu yönalişda işlab çiqariş hajmini qariyb 2,2 milliard dollarga yetkaziş möljallangan.
Şuningdek, noyob va kamyob yer elementlariga boy istiqbolli maydonlarni özlaştiriş, kombinatning resurs bazasini kengaytiriş va investitsiya loyihalarini jadallaştiriş yuzasidan takliflar körib çiqildi.
Taqdimotda “Navoiyuran” korxonasining joriy yildagi faoliyati va işlab çiqarişni rivojlantiriş rejalari ham muhokama qilindi.
Sönggi yillarda jahon bozorida uran xomaşyosiga talab 15-20 foizga oşgan. 2030-yilgaça esa yana 28 foizga ösişi kutilmoqda.
Bunday şaroitda mamlakatda uran qazib oliş hajmini köpaytiriş, yangi konlarni özlaştiriş, işlab çiqariş samaradorligini oşiriş va uran sanoatini zarur resurslar bilan barqaror taʼminlaş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu maqsadda joriy yilda geologiya-qidiruv va texnologik burğilaş işlarini kengaytiriş, işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş, qöşimça sorbsiya qurilmalarini işga tuşiriş hamda 250 ta yangi iş örni yaratiş rejalaştirilgan.












