Amerika va Eron nihoyat kelişdi. Uruşni tugatiş böyiça kelişişdi, deyişni istardim, lekin bunday bölmadi. Tomonlar 60 kun davomida öt oçişni töxtatişni öz içiga oladigan anglaşuv memorandumi imzoladi. Aynan şunday – anglaşuv memorandumi, sulh emas.

Bu ertadan uruş tugaydi, hamma narsani kelişib olişdi degani emas. Tramp xohlaganidek, Eronning kapitulyatsiyasi ham emas. Qaytaga Tehronda kelişuvni «Amerika ustidan qozonilgan ğalaba» deb talqin qilişmoqda. Isroil esa kelişuvdan norozi. Işoning, Netanyahu istagan vaqtida uruşni qaytalaşi mumkin. Unda Amerika fevraldan buyon nima uçun uruşdi?

Hörmuz oçilişi natijami?

Amerika–Eron töqnaşuvi zamonaviy dunyo tarixidagi eng mantiqsiz ikkinçi uruş böldi. Birinçisini uç kunda tugatişmoqçi edi, beşinçi yilki davom etmoqda. Uruş deganda, avvalo, ikki jahon uruşi köz oldimizga keladi. Ha, bu ikki uruş öta mantiqsiz, sanoqli insonlarning oçközligi, ma’naviy buzuq bölgani uçun boşlanib, millionlab oddiy odamlar ölimiga olib kelgan.

Lekin mana şu mantiqsiz uruşda ham natija bölgan. Masalan, Birinçi jahon uruşidan keyin törtta imperiya qulaydi, davlatlar boşqaruvning demokratik, bir kişiga boğliq bölmagan körinişiga öta boşlaydi. Rossiyada revolyutsiya böladi, Turkiyada respublika tuziladi. Falastin yerlari turklar nazoratidan inglizlarga ötadi. Butun dunyo tartiboti özgarib ketadi, dunyoda eng katta ta’sir doiraga ega Yevropa elitasi orasiga olis okean ortidan Amerika degan davlat qöşiladi. Dunyo xaritasi özgaradi.

Bu uruşdan heç qança ötmay Birinçi jahon uruşida qatnaşib, uruş ta’siridan çiqib keta olmagan Adolf Hitler kabi ğalamislar Ikkinçi jahon uruşini boşlaydi. Bu amalda Birinçi jahon uruşining davomi edi. Va öşa uruş natijasiga köra, Yevropada heç kimni tinç qöymayotgan faşizm SSSR va ittifoqçilari tomonidan yançib taşlanadi.

Marşal Jukov armiyasi Berlingaça borib, faşistlar kulini kökka sovuradi. Qömondon Jukov benzin solib yoqib yuborilgan Hitlerning jasad qoldiqlarini közdan keçirib, uning maşhur tişini stomatologini çaqirtirib aniqlagaç, Stalinga «ilonning boşi yançilgani» haqida hisobot beradi.

Uruşdan keyin Germaniya va Yaponiya kapitulyatsiya böladi, Germaniya ikkiga bölinadi. Britaniya va Fransiyaning dunyo boşqaruvidagi roli kamayib, SSSR hamda AQŞ ikki asosiy kuçga aylanadi. Va nihoyat Nyurnbergda tarixiy sud bölib, omon qolgan faşistlar tribunalga tortiladi. Keyinroq BMT tuziladi, yana ozroq ötib, Amerika yordami bilan Falastin yerlarida Isroil degan davlat tuziladi. Xullas, hozirgi dunyo tartiboti ana şu uruşdan keyin kelişib olinadi. Ya’ni uruşlarda ular boşlanişidan avval mavjud bölmagan qandaydir natijalarga erişiladi.

AQŞ va Eron örtasidagi otaşkesim kelişuvining eng asosiy natijasini qarang: Hörmuz böğozi oçiladi. Janoblar, böğoz uruşdan oldin ham oçiq edi, siz uruş boşlagaç yopildi! Qaytaga Eron öz böğozini yopsa, butun dunyoga gapini ötkaza olişini kördi, endi bu hiyladan yana foydalanmasligiga heç kim kafil bölolmaydi.

Siz şunça katta Amerika bölaturib özingizdan ming karta kuçsiz davlatda uruş boşlab, uruşgaça mavjud bölgan, uruş davrida taqiqlangan, keyin kelişuv bilan yana asliga qaytgan reallikni mana bu bizning ğalabamiz, deb körsata olmaysiz. Milliard milliard dollarlik qimmat qurollarni töğri kelgan joyga, hatto maktablarga otib, bir neça oy uruşgandan keyin mana, Eron Hörmuz böğozini oçdi, neft oqsin, men bölmasam dunyo nefsiz qolib ketardi, deyapsiz.

Janoblar, Yaqin Şarqdagi endi sizni ham pisand qilmayotgan Isroil degan ittifoqçingiz sörovi bilan boşlangan uruşdan avval ham bu böğoz oçiq edi. Eron hatto öziga tegişli böğozni yopiş orqali dunyoga ta’sir qila olişini bilmasdi ham. Qaytaga siz Tehronga yadro qurolidan ham kuçli, ta’siri soniyalarda seziladigan dahşatli qurol berdingiz. Endi neft 50 dollargaça tuşib ketsa ham, Eron böğozni yopsa, narx 100 dollargaça çiqadi, tasavvur qilyapsizmi? Yadro quroli butun insoniyat tarixida faqat bir marta qöllangan, bundan keyin qöllanmasa ham kerak, lekin benzinni har kuni yuz millionlab odamlar sotib oladi.

Tramp Parijda turib imzolagan kelişuvda Eron yadro dasturi haqida ham gap yöq. Şunçaki tomonlar yadro kelişuvi böyiça muzokara ötkazarkan. Va Amerika Eronning 27 milliard dollar muzlatilgan pullarini qaytarib, yana mamlakatni qayta tiklaş uçun katta-katta pul berarkan. Bunaqa kelişuv uçun Tehronda muşakbozlik ötkazsa ham arziydi, menimça.

Obama davrida tayyor yadro kelişuvi bor, Tramp birinçi muddatga kirişişi bilan uni bekor qilgandi. Bu gal kelişuv haqida gapirgan Tramp Eron ballistik raketalarga ega bölişga haqli degani esa hozirgi kartinani tölaligiça ifodalaydi. Uruş boşida «Eronning kulini kökka sovurişini», uruş davomida «Tehronning harbiy qudrati yöq qilinganini» aytgan Tramp uruş yakuni haqida kelişuvdan keyin «Eron ballistik raketa yaratişga haqli» deb turibdi. Men bu gapga qanday ta’rif berişni ham bilmayman. Netanyahu qanday ahvolga tuşganini tasavvur qilyapman.

Uruş asossiz da’vo bilan boşlangandi. Heç qanday natijasiz, Amerika uçun salkam şarmandalik bilan yakunlandi. Bu kelişuv Eronni faqat kuçli qiladi. Şumidi Amerikaning Yaqin Şarqdagi manfaati?