Özbekiston va Misr Interpol Milliy markaziy byurolarining kelişilgan sa’y-harakatlari natijasida tovlamaçilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan fuqaro Özbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Xabar qilinişiça, u Misr hududida qölga olingan.
“Vakolatli organlar tomonidan tegişli materiallar körib çiqilib, zarur ekstraditsiya çoralari yakunlangaç, uni Özbekiston tomoniga topşiriş töğrisida qaror qabul qilindi”, deyiladi Interpolning Özbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabarida.
Qayd etilişiça, Qohira va Toşkent örtasida töğridan-töğri aviaqatnov mavjud emasligi sababli, u Rossiya orqali tranzit tarzida olib kelingan.
Ekstraditsiya qilingan şaxs huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirilgan.












