Şimoliy Amerikada 23-jahon çempionati uçraşuvlari davom etmoqda. Hali 2-tur davom etmoqda va favoritlar haqida gapirişga erta, biroq öyin jihatdan kuçli jamoalar ajralişni boşladi. Ispaniya birinçi turdagi sensatsion durangdan keyin ikkinçi turda Saudiyani osongina yengdi. Öyin taqdiri 14 daqiqa içida hal böldi. Oldingi mundialni maktabda tomoşa qilgan Yamal gol urişni boşladi.

Ispaniya yana dominantlik qildi

Men JÇning asosiy favoriti Ispaniya deyişda davom etaman. Kabo-Verdega qarşi öyindan keyin ham bu fikrim özgarmagandi. Axir ispanlar amaldagi Yevropa çempioni. Bunaqa statusdagi jamoa mundialning har qanaqasiga favoriti böladi. Zamonamizning Visente del Boskesi bölayotgan Luis de la Fuente bir neça yillardan buyon öz uslubidan – dominant futbol körsatişdan çekinmaydi. Yevroda bir guruh maktab bolalarini maydonga tuşirgan murabbiy kimsan Fransiya bilan öyinda ham şunaqa öynagan.

Benazir ispan futbolining töpni saqlab turiş, tinimsiz kombinatsion öyin körsatişdek mardonavor an’analarini davom ettirayotgan murabbiy brend kouçlar qatoriga kirmas, lekin futbol nuqtai nazaridan u eng yaxşilardan.

Ispaniya Kabo-Verde bilan ham töliq dominantlik qilgan, lekin gol ura olmagandi. Saudiya bilan ham şunday öyin körsatdi, ispanlarda öyin öxşamasa, boşqa uslubga ötiş degan tuşunçaning özi yöq. Ular istalgan raqibni öz uslubiga moslaştiradi kerak bölsa.

Uslub özgarmadi, lekin murabbiy barça çiziqlarda özgarişlar qildi. Hujumning ikki qanotini ham özgartirdi: Oyarsabal öz örnida qoldi, qanotlarda «vaziyatlar kuşandasi» Ferran Torres va nega hujumda öynaganini heç kim tuşunmagan Gavi örniga Yamal hamda agressiv Aleks Bayena tuşdi. Yarimhimoyada ham Fabian Ruis örnini Dani Olmo egalladi. Qanot himoyasida Liorenteni Pedro Porro almaştirdi.

Özgarişlar foyda berdi, hujumda samaraliroq öynagan ispanlar 15 daqiqa içida uçta gol urib taşlaşdi. Yamal mundiallardagi ilk golini urdi, unga Oyarsabal assist berdi, keyin özi ham ikkita gol urdi. Ikkinçi bölim oldidan murabbiy Yamal va Oyarsabalni keyingi öyinga asrab, zaxiraga oldi. Axir Urugvayni yengib birinçi örinni olmasa, keyingi bosqiçda Argentina tuşib qolişi heç gap emas.

Ikkinçi bölimda ispanlar bittagina gol urişdi. Kukurelyaning zarbasi raqibga tegib avtogolga aylandi. Şu örinda «Real» prezidenti Florentino Peresga qoyil qoliş kerak. Ispaniya mundialga «Real»dan birorta futbolçi olib ketmagandi, lekin ikkinçi turga kelib «Real» futbolçisining zarbasi gol bölmoqda. Peres qöyarda qöymay Kukurelyani musobaqa davomida sotib oldi va endi Ispaniyada «Real» futbolçisi bor! Peres, şubhasiz, zamonaviy futbolning dahosi, boşqaça bölişi mumkin emas. Bu holatga şarhlovçi Hasan Turdialiyev ajoyib ta’rif berdi: Ispaniya «Real»dan futbolçi olmadi, lekin «Real» Ispaniyadan futbolçi oldi.

Guruhdagi narigi öyinda Vozinya boşçilik Kabo-Verde endi Urugvaydan oçko oldi. Bu gal afrikaliklar 90 daqiqa himoyada öynamadi, öziga xos quvlaşmaçoqda kimsan ikki karra jahon çempioni Urugvayga yengilmadi – 2:2. Oxirgi turda Saudiya va Kabo-Verde katta ehtimol pley-off yöllanmasi uçun kuraş olib boradi.

«G» guruhi menimça, eng zerikarli guruh bölmoqda. «Duranglar guruhi»da Eron bu gal Belgiyaga yutqazmaslikni uddaladi. Beyronvand eng yaxşi futbolçi bölgani kim ustunlik qilganini körsatib turibdi. Uçinçi tur oldidan ikki oçko yomon emas, lekin faqat durang öynab ham guruhdan çiqiş qiyin masala. Esingizda bölsa, 2010 yil Yangi Zelandiya guruhdagi uç öyinning barçasida durang öynab, turnirda yutqazmagan yagona jamaoga aylangan, lekin guruhda qolib ketgandi.

Aytgança, Yangi Zelandiya bu gal ham «duranglar guruhi»da. Birinçi turda zerikarli öyin körsatgan Misr 2-turda Yangi Zelandiyani 3:1 hisobida yengdi. Muhammad Saloh bitta gol urib, bitta golli uzatma qayd etdi. Hozirça uning mundialdagi natijasi 1+2.

Olmoniyada kurd qahramon

Birinçi turda Kyurasao darvozasiga gol uraverib zerikkan Germaniya ikkinçi turda jiddiy qarşilikka uçradi. Amad Dialo boşçilik Kot-d'Ivuar nemislardan oçko olişiga sal qoldi. Birinçi bölimda «Barselona» sobiq futbolçisi Frank Kessiye Fil suyagi qirğoğidan kelgan jamoasini oldinga olib çiqdi. Nemislar bir soat davomida afrikaliklar darvozasiga yöl topa olmadi.

60-daqiqada turkiyalik kurdlardan bölgan «Ştutgart» hujumçisi Deniz Undav maydonga tuşgaç, barçasi özgardi. 68-daqiqada Undav hisobni tenglaştirdi. Unga afğonistonlik muhojirlar farzandi bölgan Nadim Amiri golli uzatma berdi. 90+4-daqiqada Undav ğalaba golini urdi. Bu ğalabadan keyin nemislar pley-off yöllanmasini naqd qildi.

Guruhdagi ikkinçi öyinda Kyurasao Ekvadordan oçko oldi. Bu öyinda Kyurasaoning 37 yoşli posboni Eloy Rom 15 ta seyv qilib, qahramon böldi. Bu bir öyinda qayd etilgan seyvlar soni böyiça ham mundiallar rekordi böldi. 40 yoşli Vozinya barça qari darvozabonlarni ilhomlantirib yuborgan körinadi. Nesterov öynayotgan bölsa, biz ham olib ketgan bölardik.

Keçagi kunning oxirgi öyinida Yaponiya Tunis darvozasiga javobsiz 4 ta gol urdi. Qit’adoşlarimiz guruhdan çiqiş masalasini deyarli hal qildi. Yaponlar bilan birinçi turda durang qayd etgan Niderlandiya sardori Virjil van Deyk yaponlarga töğri baho beriş kerakligini aytdi. Uning fikriça, osiyoliklar bilan durangdan keyin jamoani jiddiy tanqid qiliş töğri emas, çunki Yaponiya jahon darajasidagi jamoa.

Van Deyk bosçilik niderlandiyaliklar ikkinçi turda Şvetsiyani 5:1 hisobida yengdi. Şvedlar birinçi turda Tunisni xuddi şunday hisobda yenggandi. Bu guruhda Tunisdan boşqaça barçada keyingi bosqiçga çiqiş imkoniyati saqlanib qoldi.

Vini hozirça eng zör

Birinçi turda kutilmaganda Marokaşni yenga olmagan Braziliya ikkinçi turda Haitini yirik hisobda mağlub etdi. Mağribliklarga qarşi qiyin öyinda Vinisius Junior çiroyli gol urib, Braziliyaga oçko keltirgandi. Ikkinçi öyinda ham Vini Braziliyaning yangi yetakçisi ekanini isbotladi. Mateus Kunyaning ikki goliga assistentlik qildi, keyin özi ham gol urdi. Vini hozirça mundialning eng yaxşi futbolçisi bölib turibdi, çunki biror futbolçi ikki öyinda ham bunday yorqin futbol körsatmadi.

Vini eng yaxşi holatida bölsa, Rafinyaning jarohat olgani ham, Neymar jahon çempionatiga olib kelingani ham sezilmaydi. Axir Braziliyani bu futbolçidan maksimal foydalanişni biladigan Karlo Ançelotti boşqarmoqda. Papa Karlo bor ekan, futbolçilar favqulodda xotirjam tortib qolişadi. Çunki maydonda işlari öxşamasa, maydon çetidagi bobolari, albatta, nimadir qilişini bilişadi. Bunday sovuqqon murabbiy bilan Braziliya çinakam qörqinçli tus olmoqda. Men Vini va jamoasidan bu mundialda köp narsa kutyapman.

Portugaliyada mojaro

Portugaliya milliy jamoasida Özbekistonga qarşi öyin oldida oddiy bir feyk sabab «Dallas seriali boşlandi». Tarmoqda Joao Neveşning dugonasi ekani aytilgan qizning göyoki muxlis bilan yozişmasi virus kabi tarqaldi. Muxlis unga «Yigitingga ayt, töpni Ronalduga oşirsin!» degan, qiz esa «Ronaldungga ayt, faoliyatini yakunlasin!» degan göyoki qiz. Aslida bu yozişma umuman bölmagan, şunçaki feyk, lekin köpçilik bunga işonib Neveş va uning dugonasiga hujum qilişga kirişdi.

Bu feyk ekanidan bexabar Ronalduning xotini Jorjinya Rodriges «Vau, yangi avlod ajoyib», deb munosabat bildirdi. Ronalduning argentinalik xotini bu posti bilan «yonğinga moy sepdi», endi köpçilik bu aslida feyk ekani bilan qiziqib ham ötirmay, beçora Neveşga yopişib ketdi.

Xullas, «duşman lageri»da ana şunaqa gaplar. Portugallar xotinlarning dedi-dedisi bilan ovora bölib turganda, biz ularni jimgina yutib olişimiz kerak...