Angliyaning «Mançester Siti» klubi jahon çempionati uçun FIFAdan tölov oluvçi klublar reytingida ketma-ket uçinçi marta yetakçi böldi, deb xabar berdi The Athletic.
Joriy yilgi jahon çempionati uçun Club Benefits Programme (CBP) dasturining umumiy mukofot jamğarmasi 355 mln dollarni taşkil etadi. Bu Rossiya va Qatarda ötkazilgan musobaqalar jamğarmasidan 70 foizga köproq.
Uşbu mablağning 250 mln dollari öyinçilari final bosqiçida, 100 mln dollari esa saralaş uçraşuvlarida qatnaşgan klublar örtasida taqsimlanadi. Qolgan 5 mln dollar esa «klub futbolini rivojlantiriş uçun yönaltiriladi».
Naşrning hisob-kitoblariga köra, «Mançester Siti» turnirning yakuniy bosqiçigaça yetib borgan olti nafar a’zosi tufayli 4,4 mln dollarga yaqin pul işlaydi. Rayan Şerki, Mark Guiri, Niko ÖRayli, Jon Stouns va Jyeyms Trafford uçinçi örin uçun ötkazilgan bahsda qatnaşgan bölsa, Rodri finalda Argentinaga qarşi asosiy tarkibda maydonga tuşgan.
Ikkinçi örinni «Barselona» (3,9 mln dollar) egalladi. Kataloniya klubidan musobaqaning turli bosqiçlarida 16 nafar öyinçi iştirok etgan. Şuningdek, «Bavariya» (3,4 mln dollar), «Arsenal» (3,3 mln dollar) va «Pari Sen-Jyermen» (3,2 mln dollar) klublari top-5talikka kiritildi.
The Athletic röyxatidan CBP dasturi böyiça tölov oladigan 451 ta klub örin olgan.












