Milliy jamoalar iştirokidagi yirik turnirlar azaldan köplab yangi yulduzlarni kaşf qiladi, mavsum davomida oçilgan yoş futbolçilar yanada taniladi. Köpinça jahon çempionati yoş futbolçi transferida katalizator vazifasini ötaydi – klublar bölajak top futbolçini imkon qadar tezroq öziniki qilişga urinadi. Bu safar ham şunday böldi – turnirning ayrim yulduzlari allaqaçon öziga yangi klub topdi. Şveytsariya safida porlagan Joan Manzambi «Aston Villa» a’zosiga ötdi, Ismael Saybari endi «Bavariya»da, Morgan Rodjyers esa faoliyatini «Çelsi»da davom ettiradigan böldi.

Quyida JÇ qahramonlari va kaşfiyotlari bölgan boşqa futbolçilardan qaysidari yozda klubini özgartirişga yaqin ekani haqida.

Yan Diomande

19 yoş, «Leypsig», öng qanot vingeri
Transfer qiymati – 90 million yevro (Transfermarkt böyiça)

Dunyoning eng yaxşi driblerlaridan biri JÇ-2026 öyinlarida ham öz darajasini namoyiş etdi. U faqat guruh bosqiçida Kyurasaoga qarşi öyinda golli harakat amalga oşirdi, ammo XXI asrda jahon çempionatidagi dastlabki uç öyinida 10 dan ortiq muvaffaqiyatli aldab ötiş va 10 dan ortiq vaziyat yaratişga erişgan ilk futbolçiga aylandi.

Iyun oyi örtalariga qadar Yan «Liverpul»ga ötişga yaqin turgandi. Mersisaydliklar Muhammad Saloh örniga öng qanot vingeri izlamoqda va bu pozitsiya uçun 100 million yevrodan ortiq mablağ sarflaşga tayyor. Ammo oy oxiriga kelib vaziyat özgardi. Endi «PSJ» ham futbolçi uçun kuraşga qöşilgan, fransiyalik insayder Jamelning ma’lumotiga köra, vinger Parij klubiga ötiş uçun oğzaki rozilik bildirgan – u Luis Enrike qöl ostida öynaşni xohlamoqda va Parijda «Oltin töp» uçun kuraşiş imkoniga ega bölişiga işonmoqda.

Diomandega «Arsenal» klubidan ham qiziqiş bor, ammo londonliklar boş murabbiyi Mikel Arteta uşbu futbolçidan çap qanotda foydalanmoqçi bölgan, futbolçining özi esa, har ikki oyoğida birdek harakatlana olsa-da, öng qanotda öynaşni istamoqda. «Arsenal»da esa hujumning öng qanoti jamoa yetakçilaridan biri Bukayo Saka tomonidan band etilgan.

Ayyub Buaddi

Foto Getty Images