Rossiyaning kamida törtta regionida avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarida amaldorlarga navbatsiz benzin quyib berilmoqda. 

«7×7» naşri e’tibor qaratişiça, yaqinda benzin sotuviga joriy etilgan çeklovlar 15 iyulga qadar uzaytirilgan Saratovda «Rosneft»ning avtomobillarga yoqilği quyiş stansiyalaridan biri faqat davlat xizmatçilari avtomobillari uçun xizmat körsatmoqda. Biroq bu faqat favqulodda xizmatlarning maşinalariga taalluqli emas, deb yozadi mahalliy «Vzglyad-info» naşri.

«Köz öngimizda Saratovdagi rayonlardan birining ma’muriyati xodimi, MFs va «Rossiya poçtasi» avtomaşinalarining haydovçilari yonilği quyişdi. Yana bir mijoz esa parol sifatida «Hukumat» sözini aytdi», – deydi haydovçilardan biri.

Jurnalistlar qayd etişiça, bu zapravkada xaridorlardan heç qanday hujjat söralmayapti. Ammo bu yerda ham umumiy çeklov amal qilmoqda – bitta maşinaga bir kunda 30 litrdan ortiq benzin quyilmaydi.

Krasnodar şahar dumasi deputati Aleksandr Safronov öz telegram-kanalida kuzatuvçilaridan biri «Rosneft»ning hududdagi zapravkalaridan birida olgan videorolikni joylaştirgan. Unda bu yerda benzin faqat tegişli guvohnomani taqdim etayotgan davlat xizmatçilariga sotilayotganini köriş mumkin.

YeAN naşri öquvçilari ham şunga öxşaş holat haqida aytib berişgan. Ularning sözlariga köra, «Rosneft»ning Çelyabinsk – Yekaterinburg trassasi böyida joylaşgan zapravkada oddiy xaridorlar benzin yöqligi vaj qilinib, qaytarib yuborilmoqda, ammo davlat xizmatçilariga benzin quyib berilmoqda.

«Gazprom»ning Volgograddagi zapravkasida ham mahalliy aholi vakillariga benzin sotilmayapti. Uni faqat yoqilği kartasiga ega bölgan xaridorlar sotib olişi mumkin. Bunday kartalar barça uçun çiqarilgan, ammo amalda undan faqat favqulodda xizmatlar işçilari va mahalliy ma’muriyat vakillari foydalanmoqda.

  • Ukraina dronlarining neft obektlariga hujumlari köpaygani sababli Rossiyada yoqilği inqirozi davom etmoqda. Deyarli barça hududlarda benzin sotişga çeklovlar mavjud. Natijada odamlar avtomobilga yoqilği quyiş uçun soatlab navbatda turişga majbur bölmoqda.
  • Rossiya hukumati mamlakatda yoqilği taqçilligi jiddiy emasligini aytmoqda. RF boş vaziri örinbosari Aleksandr Novak şu kunlarda Rossiyada içki bozor «benzin bilan ta’minlangani»ni aytib çiqqandi.