Generalning xalqqa murojaatini uning safdoşi, «Region» telekanalining sobiq direktori Ötkurbek Rahmonov e’lon qildi.
Taşiyevning ta’kidlaşiça, sönggi paytlarda uning nomi atrofida respublika prezidenti saylovida iştirok etişi borasida turli miş-mişlar va yolğon ma’lumotlar tarqalgan. Şu munosabat bilan MXDQ sobiq rahbari vatandoşlariga oçiq murojaat qilişga qaror qilgan.
«Men 2027 yilgi prezidentlik saylovida iştirok etmayman. Bu haqda bir neça bor aniq aytganman va general sifatida bergan sözimdan qaytmayman. Mening pozitsiyam özgarmagan va özgarmaydi ham», deb yozdi u.
Şu bilan birga, Taşiyev amaldagi prezidentni «döstim» deb atab, Japarovni qöllab-quvvatlaş orqali mamlakat barqarorligi, davlat taraqqiyoti, xalq birligi va Qirğiziston kelajagi foydasiga tanlov qilayotganini qöşimça qildi.
Japarov joriy yilning 10 fevralida Qamçibek Taşiyevning boş vazir örinbosari va MXDQ rahbari lavozimlaridan iste’foga çiqqanini e’lon qilgan edi.
Aprel oyida maxsus xizmatning sobiq rahbariga nisbatan jinoiy iş qözğatilgani ma’lum böldi. Iyul oyida hukm öqildi. Taşiyev tört yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biroq mahkum koloniyaga yuborilmaydigan böldi — qamoq jazosi uç yillik probatsiya nazorati bilan almaştirildi.












