Jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi bilan Özbekiston fuqarolarining xorijiy mamlakatlarga sayohatlarini tartibga soliş va çiqiş turizmi sohasida ularning huquqlarini kafolatlaş tizimini yanada takomillaştiriş nazarda tutilgan.

Loyihaga muvofiq, Turizm qömitasi huzurida yuridik şaxs maqomiga ega bölmagan «Xavfsiz turizm» jamğarmasi taşkil etilişi rejalaştirilmoqda. Çiqiş turizmi sohasida faoliyat yurituvçi turoperatorlar litsenziya oliş uçun uşbu jamğarmaga kamida 50 ming AQŞ dollari ekvivalentidagi mablağni zaxira qilib qöyişi lozim böladi.

Mazkur mablağlar turoperator yoki turagentning harakati yoki harakatsizligi oqibatida turistlarga yetkazilgan moddiy zararni qoplaş, şuningdek, favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni vaqtinça joylaştiriş, evakuatsiya qiliş, repatriatsiya qiliş hamda boşqa zarur xarajatlarni moliyalaştiriş uçun yönaltiriladi.

Loyihada, şuningdek, har bir sotilgan turistik mahsulot böyiça maqsadli kafolat yiğimini joriy etiş taklif qilingan. Uning miqdori turistik mahsulot sotilgan kundagi bazaviy hisoblaş miqdorining 0,15 baravari etib belgilanişi rejalaştirilgan. Bu yiğim turistik mahsulot narxi tarkibiga kiritiladi va turistdan alohida tölov sifatida undirilmaydi.

Yana bir yangilik sifatida turkod tizimini joriy etiş taklif etilmoqda. Milliy turizm platformasi orqali şakllantiriladigan mazkur unikal elektron identifikatsiya raqami turistik mahsulot rasmiy röyxatdan ötgani, kafolat yiğimi tölangani hamda turist kafolatlaş tizimiga kiritilganini tasdiqlaydi.

Loyihada çet el turoperatorlarining Özbekiston fuqarolari uçun turistik paketlarni sotişiga ham qöşimça talablar belgilangan. Ular faqat litsenziyaga ega mahalliy turoperator orqali yoki Özbekistonda taşkil etilgan va litsenziya olgan yuridik şaxsi orqali faoliyat yuritişi mumkin böladi. Şuningdek, turagentlarga çet el turoperatorlari mahsulotlarini mahalliy litsenziyalangan turoperator iştirokisiz töğridan-töğri sotiş taqiqlanişi taklif etilmoqda.