Özbekistonda xizmat körsatgan artist, “Bahor” davlat raqs ansambli raqqosalaridan biri bölgan Nasiba Madrahimova bugun, 23 iyul kuni 80 yoşida vafot etdi. Bu haqda jurnalist Nasriddin Asriddinov ma’lum qildi.

Nasiba Madrahimova Mukarram Turğunboyeva nomidagi “Bahor” xalq raqs ansamblining yetakçi raqqosalaridan biri bölib, ansamblda 20 yildan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan.

U özbek raqs san’ati maktabining atoqli vakilasi sifatida köplab şogirdlarga milliy raqs sirlarini örgatgan.

Nasiba Madrahimova san’at sohasidagi xizmatlari uçun “Özbekistonda xizmat körsatgan artist” unvoni bilan taqdirlangan.