Amerikaning Oshkosh Defense kompaniyasi Kaliforniyada joylaşgan Grid Aero startapi bilan hamkorlik örnatganini eʼlon qildi. Kompaniyalar yirik harbiy uçuvçisiz uçiş apparatlarini ommaviy işlab çiqarişni yölga qöyişni rejalaştirmoqda. Viskonsin ştatida joylaşgan Oshkosh uçun bu aviatsiya texnikasini işlab çiqariş sohasidagi ilk tajriba böladi.
Hamkorlik AQŞ Mudofaa vazirligining mamlakat sanoat bazasini kengaytirişga qaratilgan «Erkinlik arsenali» taşabbusi doirasida yölga qöyildi. Grid Aero işlab çiqariş hajmini oşirişga yordam bera oladigan hamkorga muhtoj edi. Oshkosh esa uzoq muddatli rivojlaniş uçun istiqbolli yangi yönaliş izlayotgandi.
Rasman Oshkosh subpudratçi sifatida faoliyat yuritadi. Biroq har ikki kompaniya uşbu kelişuvni hamkorlik deb ataşni maʼqul körmoqda.
Bunga sabab - Oshkosh kompaniyasi Grid Aero bilan birgalikda Lifter konstruksiyasini qayta işlaşda iştirok etayotganidir. Bunda apparatni seriyali işlab çiqarişga moslaştiriş, texnologik jihatdan qulay va samarali qiliş masalalari loyihaning dastlabki bosqiçidanoq hisobga olinmoqda. Yaʼni bu talablar keyinçalik emas, balki boşidanoq konstruksiya va işlab çiqariş strategiyasining asosiga qöyilmoqda.
2024-yilda taşkil etilgan Grid Aero kompaniyasi modulli foydali yuk taşiş imkoniyatiga ega avtonom Lifter uçuvçisiz uçiş apparatini işlab çiqqan. Kompaniya uni «osmondagi pikap» deb ataydi.
AQŞda qabul qilingan uçuvçisiz aviatsiya tizimlari tasnifiga köra, Lifter taxminan 600 kilogramm vazn toifasidagi apparatlar qatoriga kiradi.
Kompaniyalar AQŞ Mudofaa vazirligi hamda tijoriy buyurtmaçilar uçun minglab Lifter apparatlarini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.
Dastlabki bosqiçda Grid Aero kiçik seriyali işlab çiqarişni taşkil etadi. Şu vaqtning özida Oshkosh kompaniyasi kelgusida işlab çiqariş kölamini kengaytiriş uçun tajriba-sinov işlab çiqariş liniyasini barpo etadi.








