Içki işlar vazirligi migratsiya va personallaştiriş sohasidagi davlat xizmatlarini körsatişda şaxsni masofadan turib aniqlaş va roziligini oliş imkonini beruvçi platformani işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Bu haqdagi qonun loyihasi jamoatçilik muhokamasiga qöyildi.
Loyihaga köra, 2026 yil 1 avgustdan boşlab migratsiya va personallaştiriş sohasida boşqa şaxsning roziligi talab etiladigan davlat xizmatlarini körsatişda ularning şaxsini «Pasport-viza» avtomatlaştirilgan axborot tizimi majmuasining Face ID yoki MyID tizimlari orqali masofadan turib aniqlaş va roziligini oliş imkonini beruvçi «E-Rozilik» platformasi işga tuşiriladi.
Platforma orqali quyidagi davlat xizmatlari uçun elektron rozilikni rasmiylaştiriş mumkin böladi: voyaga yetmaganlarga xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş, 15–18 yoşdagi şaxslarning mustaqil ravişda çet elga çiqişi, 16 yoşga tölmaganlarga ID karta oliş, yaşaş va turgan joy böyiça röyxatga qöyiş yoki röyxatdan çiqariş, xorijga doimiy yaşaş uçun çiqiş, çet el fuqarolarini vaqtinça röyxatga qöyiş hamda qonunçilikda nazarda tutilgan boşqa holatlar.
Platformada qayd etilgan rozilik Özbekiston hududida qoğoz şaklidagi rozilikka tenglaştiriladi.
Elektron rozilikni mobil ilova orqali rasmiylaştiriş uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 50 foizi, migratsiya va personallaştiriş bölinmalariga şaxsan murojaat qilganda esa 30 foizi miqdorida yiğim undiriladi.
Rozilik beruvçi uni davlat xizmati körsatilguniga qadar istalgan vaqtda bekor qilişi mumkin, biroq tölangan yiğim qaytarilmaydi. Elektron rozilikning amal qiliş muddati bir oygaça etib belgilanmoqda.












