2026 yil 30 iyul kuni Çölpon-Ota şahrida ötkazilgan oliy darajadagi uçraşuv doirasida davlat ijtimoiy suğurtasi va pensiya ta’minoti töğrisidagi bitim imzolandi.
Mazkur bitim ikki davlat hududida mehnat qilgan fuqarolarning pensiya huquqlarini himoya qiliş va pensiya ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.
Bitimning asosiy qoidalari:
• har bir davlat fuqaroning öz hududida orttirgan iş (suğurta) staji uçun pensiya tayinlaydi va tölaydi;
• pensiya miqdori har bir davlatning milliy qonunçiligi asosida, şu davlat hududida işlagan staj, iş haqi yoki tölangan suğurta badallaridan kelib çiqib hisoblanadi;
• bir davlatda tayinlangan pensiyani pensioner boşqa tomon hududida köçgan taqdirda ham oliş imkoniyati ta’minlanadi;
• ikki davlat fuqarolariga teng huquqlar beriladi, şuningdek dafn etiş nafaqasi, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş va vakolatli organlar örtasida axborot almaşiş tartiblari belgilanadi.
Uşbu hujjat Özbekiston va Qirğizistonda mehnat qilgan fuqarolarning pensiya huquqlarini ta’minlaş, ularning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş hamda ikki davlat pensiya tizimlari örtasidagi majburiyatlarni adolatli taqsimlaşga xizmat qiladi.












