30 iyul kuni Özbekiston va Qirğiziston hukumatlari örtasida davlat ijtimoiy suğurtasi va pensiya ta’minoti töğrisidagi bitim imzolandi.
Qayd etilişiça,mazkur bitim ikki davlat hududida mehnat qilgan fuqarolarning pensiya huquqlarini himoya qiliş va pensiya ta’minoti sohasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan.
Bitimga köra:
har bir davlat fuqaroning öz hududida orttirgan iş (suğurta) staji uçun pensiya tayinlaydi va tölaydi;
pensiya miqdori har bir davlatning milliy qonunçiligi asosida, şu davlat hududida işlagan staj, iş haqi yoki tölangan suğurta badallaridan kelib çiqib hisoblanadi;
bir davlatda tayinlangan pensiyani pensioner boşqa tomon hududida köçgan taqdirda ham oliş imkoniyati ta’minlanadi;
ikki davlat fuqarolariga teng huquqlar beriladi, şuningdek dafn etiş nafaqasi, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza, şaxsga doir ma’lumotlarni himoya qiliş va vakolatli organlar örtasida axborot almaşiş tartiblari belgilanadi.
Bitimning ötiş qoidalariga muvofiq, u kuçga kirgunga qadar orttirilgan iş staji milliy qonunçilik hamda 1992 yil 13 martdagi MDH Bitimi asosida inobatga olinadi.












