Prezident Şavkat Mirziyoyev Nukus şahridagi qozonxonani kogeneratsiya texnologiyalari asosida modernizatsiya qiliş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Kuz-qiş mavsumida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlarini barqaror issiqlik bilan ta’minlaş, tizimda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etiş – muhim vazifa.

Bugungi kunda Nukus şahridagi 47 ta köp qavatli uy markaziy isitiş tizimiga ulangan, yana 270 ta uy lokal isitiş tizimidan foydalanmoqda. Qolgan köp qavatli uylardagi xonadonlar turli qölbola isitiş vositalari orqali isitilmoqda. Bunday vositalar köp energiya sarflaşi bilan birga odamlar salomatligi va hayoti uçun ham jiddiy xavf tuğdiradi.
Şahardagi mavjud markaziy qozonxona 1976 yilda qurilgan bölib, hozirda asosan ijtimoiy soha ob’yektlariga xizmat körsatmoqda. Uning uskunalari ma’nan va jismonan eskirgan, energiya samaradorligi esa past.
Hozirgi qozonxonada 1 gigakaloriya issiqlik işlab çiqariş uçun qariyb 153 kub metr tabiiy gaz va 30 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanmoqda. Uning amaldagi quvvati soatiga atigi 1,6 gigakaloriyani taşkil etadi.
Taqdimotda uşbu qozonxonani davlat-xususiy şeriklik asosida kogeneratsiya texnologiyalari bilan modernizatsiya qiliş loyihasi körib çiqildi.
Kogeneratsiya texnologiyasi bitta yoqilği manbaidan bir vaqtning özida elektr va issiqlik energiyasi işlab çiqariş imkonini beradi. Bu resurslardan samarali foydalaniş, işlab çiqariş xarajatlari va atrof-muhitga çiqariladigan zararli moddalarni kamaytirişga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida soatiga 34,4 gigakaloriya issiqlik va 21,5 megavatt elektr energiyasi işlab çiqariş quvvatiga ega zamonaviy majmua barpo etiladi.
Şuningdek, 28 kilometr issiqlik tarmoği tortilib, 189 ta individual issiqlik punkti örnatiladi. Köp qavatli uylar va ijtimoiy ob’yektlarning içki isitiş tizimlari tiklanadi, zarur gaz va elektr infratuzilmasi yangilanadi.
Birinçi bosqiçda 136 ta köp qavatli uydagi qariyb 6 ming xonadon, ya’ni 23 ming nafar aholi hamda 40 ta ijtimoiy soha ob’yekti markazlaşgan issiqlik ta’minoti bilan qamrab olinadi. Keyingi bosqiçlarda Nukus şahridagi barça köp qavatli uylar va ijtimoiy soha ob’yektlarini markazlaşgan issiqlik tizimiga ulaş közda tutilgan.


















