Zalujniy uşbu fikrlarni 3-avgust kuni Kiyevda bölib ötgan Ukraina elçilarining umumiy yiğilişida bildirgan. U yerda yevroatlantik integratsiya va mamlakat xavfsizligi masalalari muhokama qilingan.
Muzokaralar çoğida undan Britaniya boşçiligidagi Birlaşgan ekspeditsion kuçlar (Joint Expeditionary Force – JEF) bilan hamkorlik haqida söralgan. Javob davomida u Ukrainaning NATOga qöşiliş istiqbollariga ham töxtaldi.
«NATOni juda yaxşi bilaman. Qariyb 12 yil davomida armiyamizda NATO standartlarini joriy etiş bilan şaxsan şuğullandim. Har yili “yaqin orada Ukraina NATOga qabul qilinadi“ degan va’dalarni eşitardik. Afsuski, biz heç qaçon NATOga kirmaymiz», - dedi Zalujniy.
Uning ta’kidlaşiça, asosiy muammo Ukraina armiyasining rivojlaniş darajasi emas, balki NATOning mavjud harbiy yondaşuvlaridir. Zalujniy fikriça, alyans hali ham Ikkinçi jahon uruşi davrida şakllangan doktrinalarga tayanadi va yaqin yillarda bu yondaşuv keskin özgarişi ehtimoli past.
Şu bilan birga, u Ukrainaga NATO mamlakatlarida mavjud zamonaviy harbiy texnologiyalar, ayniqsa, havo va raketa hujumidan mudofaa sohasidagi imkoniyatlar hamon zarurligini ta’kidladi. Bu borada u Patriot kabi havo hujumidan mudofaa tizimlarini misol keltirdi.
Zalujniyning fikriça, Ukraina kelajakda yangi taşkil etilayotgan yoki şakllaniş jarayonidagi Yevropa xavfsizlik tuzilmalariga tayanişi mumkin. U şunday tuzilmalardan biri sifatida JEFʼni tilga oldi.
JEF 2015-yilda Buyuk Britaniya taşabbusi bilan taşkil etilgan bölib, uning tarkibiga Daniya, Finlandiya, Estoniya, Islandiya, Latviya, Litva, Niderlandiya, Şvetsiya va Norvegiya kiradi. Koalitsiyaning asosiy maqsadi Şimoliy Yevropa, jumladan Boltiq va Arktika mintaqasi xavfsizligini ta’minlaşdan iborat.
2025-yil dekabr oyida Ukraina JEFʼning kengaytirilgan şerik maqomini olgan. Koalitsiya NATO bilan hamkorlik qilib, Rossiyaning dengizdagi faoliyatini tiyib turiş böyiça çoralarni qöllab-quvvatlaydi hamda Rossiyaning «soya floti»ga qarşi qat’iy çoralar körişga tayyorligini bildirgan.
Şu bilan birga, Zalujniy Ukraina hozirça JEFʼga töliq a’zo böliş yölida yetarliça faol işlamayotganini aytdi. Uning fikriça, mazkur koalitsiyaning boşqaruv tizimi ham hali töliq şakllanmagan va kollektiv mudofaa böyiça NATOdagi kabi majburiyatlarni nazarda tutmaydi.












