Eng katta qiziqişni gibrid HAVAL H7 uyğotmoqda. Uning kuç agregati benzin dvigateli va ikkita elektromotorni birlaştiradi, şuning uçun krossover ham şaharda, ham trassada, ham yölsiz şaroitlarda birdek işonçli harakatlanadi. 100 km/soatgaça tezlaniş atigi 5,8 soniyani taşkil qiladi. Elektr energiyasi hisobiga avtomobil 105 kilometrgaça harakatlana oladi, şundan söng avtomatik ravişda gibrid rejimga ötib, past yonilği sarfini saqlab qoladi.

Ammo H7 faqat raqamlari bilan emas, texnologiyalari bilan ham e’tiborga loyiq. HAVAL kompaniyasi ta’kidlaşiça, Hi4 tizimi nafaqat yonilğini tejaş, balki yöl şaroitlarini doimiy tahlil qilib, avtomobilni yuqori tezlikda barqarorroq, burilişlarda işonçliroq va kundalik harakatlanişda yanada qulay qiliş uçun yaratilgan.

Işlab çiqaruvçi fikriga köra, H7 ham şaharda, ham asfalt tugagan hududlarda birdek erkin harakatlanişi kerak. Sayohat ixlosmandlari uçun tom qismiga möljallangan brend aksessuarlari - yuk bokslaridan tortib zinalar va sayyohlik çodirlarigaça taklif etiladi. Avtomobilning özida esa uşbu toifada kam uçraydigan yeçimlar mavjud: uskunalarni ulaş uçun rozetka va köçma sayyohlik çiroği.

Modelning yölsiz şaroitlarga moslaşgan xususiyati intellektual töliq yuritma, orqa differensialning elektron blokirovkasi hamda maxsus harakat rejimlari bilan yanada kuçaytirilgan. H7 çuqurligi 580 mm gaça bölgan suv tösiqlaridan öta oladi, kuzov geometriyasi esa murakkab releflarda ham işonçli harakatlaniş imkonini beradi.

Krossover salonida raqamli texnologiyalar va qulaylikka alohida e’tibor qaratilgan. Jihozlar qatoriga 12,3 dyuymli raqamli priborlar paneli, 15,6 dyuymli multimedia ekrani, proyeksion displey, 540° aylana köriniş tizimi, ovozli boşqaruv va ADAS elektron yordamçilari majmuasi kiradi. Şuningdek, panoramali tom, simsiz quvvatlaş, önta dinamikli audiotizim, old örindiqlarning elektr sozlanişi, isitiş va ventilyatsiya funksiyalari hamda ikkinçi qator yölovçilari uçun quyoşdan himoyalovçi pardalar ham mavjud.

HAVAL H7ʼning benzinli versiyasi narxi 399 900 000 sömdan, gibrid versiyasi esa