Biznesda oddiy bir tamoyil bor: mijoz qayerda bölsa, biznes ham öşa yerda bölişi kerak. Odamlarni yangi platformaga olib keliş yoki yana bir ilovani yuklab olişga undaş örniga, ularga allaqaçon foydalanib kelayotgan raqamli muhitda öz xizmatlaringizni taklif qiliş mumkin. Masalan, buni Click SuperApp’da amalga oşirsa böladi. U tölovlar va ötkazmalar hamda turli xizmatlarni yigirma uç milliondan ortiq foydalanuvçi uçun bir joyga jamlaydi. Bugun esa platforma onlayn rivojlanişni istagan bizneslar uçun ham oçiq: buning uçun Click içida öz MiniApp’ingizni işga tuşiriş mumkin.

Imkoniyat kölamini tuşuniş uçun avvalo MiniApp’ning özi nima ekaniga töxtalaylik. MiniApp - bu Click SuperApp içida işlaydigan yengil veb-ilova. U bir neça soniyada oçiladi va foydalanuvçidan alohida ilovani yuklab oliş yoki telefonda qöşimça xotira ajratişni talab qilmaydi. Foydalanuvçi MiniAppʼ ni oçadi va Click’ning öziga taniş muhiti içida kerakli servisdan foydalanadi. Mijoz uçun bu - qulay va uzluksiz tajriba. Biznes uçun esa - foydalanuvçini yana bir alohida ilovani yuklab olişga undaş zaruratini kamaytiradigan imkoniyat.

Öz ilovasini yaratiş yoki MiniApp’dan foydalaniş?

Öz mobil ilovasini yaratgan yoki yaratişni rejalaştirgan tadbirkor bu jarayon qança resurs talab qilişini yaxşi biladi. Android va iOS uçun işlab çiqiş, dizayn, testlaş, ilovalar dökonlarida joylaştiriş, keyinçalik esa muntazam yangilaş va texnik qöllab-quvvatlaş - bularning barçasi vaqt va xarajat talab qiladi. Bundan taşqari, tayyor ilovaga foydalanuvçilarni jalb qiliş va ularning faolligini saqlab qoliş uçun alohida marketing resurslari ham kerak böladi.

Click’dagi MiniApp bu yondaşuvni özgartiradi. Auditoriyani noldan şakllantiriş örniga biznes allaqaçon mavjud, faol va platforma içida raqamli xizmatlardan foydalanişga örgangan foydalanuvçilar oldiga çiqadi. Click foydalanuvçilari ilovani odatda aniq maqsad bilan oçadi: tölov qiliş, buyurtma beriş, pul ötkaziş yoki boşqa xizmatlardan foydalaniş. MiniApp esa biznesga öz mahsulot va xizmatlarini aynan şu raqamli muhit içida taklif qiliş imkonini beradi.

MiniAppʼni işlab çiqiş masalasi ham moslaşuvçan hal qilinadi. Uni platformaning hujjatlari va vositalaridan foydalangan holda öz jamoangiz bilan yaratişingiz mumkin. Agar MiniAppʼni işlab çiqişda yordam kerak bölsa, Click jamoasi işonçli hamkorlar bilan boğlanişga yordam beradi. Buning uçun saytda ariza qoldiriş kifoya - mutaxassislar siz bilan boğlanib, keyingi bosqiçlar böyiça yöl-yöriq beradi.

Işga tuşgandan boşlab foydalaniş mumkin bölgan infratuzilma

MiniApp’ning muhim afzalliklaridan biri - alohida işlab çiqişga vaqt va resurs talab qiladigan qator imkoniyatlarning tayyor infratuzilma sifatida taqdim etilişidir.