AQŞ Kongressiga 9-noyabr, duşanba kuni mamlakat mudofaa vaziri Pit Hegsetga nisbatan impiçment eʼlon qiliş töğrisidagi rezolyutsiya loyihasi kiritildi. Hujjatni Vakillar palatasining Respublikaçilar partiyasidan saylangan aʼzosi Tomas Messi taqdim etdi. Bu haqda dpa axborot agentligi xabar berdi.
34 sahifadan iborat rezolyutsiya loyihasi sakkizta ayblov moddasini öz içiga oladi. Ularning uçtasi Eronga qarşi uruş bilan boğliq. Messi Hegsetni Kongress ruxsatisiz uşbu uruşni boşlaganlikda ayblamoqda.
Hujjatda, şuningdek, Yamandagi harbiy harakatlar, AQŞ harbiylarining Karib dengizida giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanuvçi kemalarga qarşi zarbalar bergani haqidagi daʼvolar hamda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qölga oliş amaliyoti tilga olingan.
«U (Hegset - tahr.) Kongressning uruş eʼlon qiliş vakolatiga oid qarorlarini eʼtiborsiz qoldirib, xorijiy davlatlar rahbarlarini öğirlaş va Tramp maʼmuriyati tanqidçilarini qörqitiş orqali öz xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmoqda. Şuningdek, u tanqidçilarni söz erkinligi huquqidan foydalangani uçun taʼqib qilmoqda», - dedi Messi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp Hegsetni lavozimidan çetlatiş taşabbusiga munosabat bildirib, mudofaa vaziri «juda yaxşi işlaganini» taʼkidladi.
Oq uy rahbari Messini esa «mutlaq omadsiz» deb atadi.
Hegsetning özi impiçment eʼlon qilişga qaratilgan urinişlar uni «taşvişga solmayotganini» bildirdi. Şuningdek, u 10-noyabr kuni Pentagonda uşbu masala yuzasidan brifing ötkazilişini maʼlum qildi.
Hegsetga impiçment eʼlon qiliş ehtimoli qanday?
Vakillar palatasi Messining taklifini şu haftaning özida körib çiqişi kutilmoqda.
AQŞ parlamenti quyi palatasida Hegsetga nisbatan impiçment eʼlon qiliş uçun oddiy köpçilik ovozi yetarli böladi.
Şundan söng masala Senatda körib çiqiladi. Mudofaa vazirini lavozimidan çetlatiş uçun esa yuqori palata aʼzolarining kamida uçdan ikki qismi uşbu qarorni qöllab-quvvatlaşi talab etiladi, deb yozmoqda dpa.
Bu juda yuqori talab bölib, oraliq saylovlar natijasida demokratlar Senat ustidan nazoratni qölga kiritganidan keyin ham zarur ovozlarni töplaş qiyin bölişi mumkin.








