Litva mudofaa vaziri Robertas Kaunas Rossiya Boltiqböyi mintaqasidagi muhim infratuzilma ob’yektlariga ehtimoliy hujumlar tayyorlayotgan bölişi mumkinligini ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, Litva razvedkasi Moskva bunday ssenariyni istisno etmayapti. Bunga Rossiyaning Boltiq davlatlari Ukrainaga öz havo hududidan Rossiyaga zarba beriş uçun foydalanişga ruxsat bergan, degan notöğri tasavvuri sabab bölgan bölişi mumkin.

Vazirning ta’kidlaşiça, ehtimoliy hujumlarda Rossiya tomoni qölga kiritilgan ukrain uçuvçisiz uçiş apparatlaridan foydalanişi mumkin. Bu orqali Moskva hujumlar uçun mas’uliyatni Ukraina zimmasiga yuklaş, Kiyevga bölgan işonçni susaytiriş va NATO davlatlarining Ukrainaga kömagiga salbiy ta’sir körsatişni maqsad qilgan bölişi mumkin.

Şu bilan birga, Robertas Kaunas hozirça Boltiq davlatlari uçun töğridan töğri harbiy tahdid mavjud emasligini ta’kidladi.

Rossiyaning Ukrainaga qarşi töliq kölamli uruşi boşlanganidan beri Litva, Latviya va Estoniya bir neça bor öz havo hududiga dronlar kirib kelgani haqida xabar bergan. Rasmiylarning baholaşiça, ularning ayrimlari Rossiya, ayrimlari esa ehtimol Ukrainaga tegişli bölib, köp hollarda Rossiya radioelektron kuraş vositalari ta’sirida belgilangan yönalişdan oğib ketgan.

Bu kabi hodisalar Boltiq davlatlarida xavfsizlik böyiça xavotirlarni kuçaytirib, havo mudofaasi va dronlarga qarşi tizimlarni mustahkamlaşga, şuningdek, NATOning mintaqa havo hududini qöriqlaş missiyasini kengaytirişga turtki bölgan.