Mamlakat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Buxoro viloyatida ilk bor aerologik şar test rejimida muvaffaqiyatli uçirildi. Bu gidrometeorologiya sohasini rivojlantiriş va atmosferaning yuqori qatlamlarini tadqiq etişda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Aerologik şarga örnatilgan zamonaviy meteozond parvoz davomida havo harorati, nisbiy namlik, atmosfera bosimi, şamolning tezligi va yönalişi kabi muhim meteorologik körsatkiçlarni turli balandliklarda real vaqt rejimida ölçaydi hamda ularni yerdagi qabul qiliş stansiyasiga uzatadi.

Mutaxassislar ta’kidlaşiça, uşbu aerologik ma’lumotlar sinoptik tahlillarni takomillaştiriş, ob-havo prognozlari aniqligini oşiriş, xavfli gidrometeorologik hodisalarni erta aniqlaş va aviatsiya, qişloq xöjaligi hamda boşqa sohalarni işonçli gidrometeorologik axborot bilan ta’minlaşda muhim ahamiyatga ega.

Qayd etilişiça, aerologik kuzatuvlarni yölga qöyiş mamlakat gidrometeorologiya xizmatida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etiş hamda sohaning ilmiy va amaliy salohiyatini yanada oşirişga xizmat qiladi.