Sitsiliyadagi Kataniya aeroporti Etna vulqonining davom etayotgan otilişi tufayli kamida 14-avgust mahalliy vaqt bilan soat 02:00 gaça yopiq qoladi. DPA agentligi xabariga köra, aeroport faoliyatining töxtatilişi yana uzaytirilişi ham mumkin.
Yevropadagi eng faol vulqon hisoblangan Etnaning navbatdagi faollaşuvi bir neça kundan beri Sitsiliyadagi aviaqatnovlarga jiddiy ta’sir körsatmoqda. Yuzlab reyslar jadvaliga özgartiş kiritilgan.
Ayrim aviareyslar butunlay bekor qilingan yoki keçiktirilgan. Kataniyaga qönişi kerak bölgan samolyotlarning bir qismi Sitsiliya poytaxti Palermodagi aeroportga, boşqalari esa Komizodagi kiçik aeroportga yönaltirilgan.
Bu holat oroldagi transport tizimiga ham qöşimça bosim keltirib çiqargan. Yölovçilar muqobil aeroportlarga yetib olişga urinayotgani sabab poyezdlarda odamlar soni keskin köpaygan. Şuningdek, ayrim yölovçilar taksi narxlari keskin oşgani haqida xabar bergan.
Etna vulqonining otilişi oqibatlari qöşni Malta orolidagi aviaqatnovlarda ham sezilmoqda. Times of Malta naşri ma’lumotiga köra, 11-avgust kuni Maltada 19 ta aviareys bekor qilingan. 12-avgustda esa yana uçta reys amalga oşirilmagan, bir qator boşqa parvozlar keçiktirilgan.
Etnadan yangi lava oqimlari çiqmoqda
Etna vulqoni juma kunidan buyon katta miqdorda vulqon kuli va qizib turgan toğ jinslarini havoga otmoqda.
Italiya Milliy geofizika va vulqonşunoslik instituti (INGV) ma’lumotiga köra, kuçli lava oqimlari dengiz sathidan 2360 va 2750 metr balandlikda joylaşgan ikkita oğizdan oqib çiqmoqda. Keyinçalik yana ikkita yangi lava oqimi paydo bölgan.
Vulqon kuli aviatsiya uçun alohida xavf tuğdiradi. U havoga kötarilganda samolyotlar harakati çeklanişi, reyslar bekor qilinişi yoki boşqa aeroportlarga yönaltirilişi mumkin. Şu sabab Kataniya aeroportidagi vaziyat vulqon faolligi va kul tarqalişiga qarab baholanmoqda.
Etna Yevropadagi eng faol vulqon bölib, u bir yil davomida bir neça marta faollaşişi mumkin. Uning avvalgi faollik davri iyul oyi boşida kuzatilgan va öşanda ham Sitsiliyada bir qator aviareyslar bekor qilingan edi.








