Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida Özbekistonda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantiriş uçun barça moliyalaştiriş manbalari hisobidan 338,9 trln sömlik asosiy kapitalga investitsiyalar özlaştirilgan.
Uşbu investitsiyalarning 69,5 foizi xorijiy investitsiyalar va kreditlar hissasiga töğri kelgan.
Özlaştirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmida davlatlar kesimida Xitoy katta farq bilan yetakçilik qilgan. Uning uluşi 47 foizni taşkil etgan.
Keyingi örinlarda Rossiya - 7,4 foiz va Turkiya - 6,6 foiz körsatkiç bilan qayd etilgan.
Şuningdek, xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmida Saudiya Arabistonining uluşi 4,1 foizni, Birlaşgan Arab Amirliklariniki 3,2 foizni, Qozoğistonniki esa 2,5 foizni taşkil qilgan.
Şu tariqa, 2026-yilning birinçi yarmi yakunlariga köra, Özbekistonda özlaştirilgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar tarkibida Xitoy eng yirik uluşga ega davlat bölib qolmoqda.












