Markaziy Osiyo mamlakatlarining birida röy bergan avariya mintaqaning yagona energetika tizimiga ta’sir körsatdi. Natijada Surxondaryo va boşqa ayrim viloyatlarda elektr ta’minotida uziliş kuzatildi.
Bu haqda avariya qaysi mamlakatda röy berganiga aniqlik kiritmagan holda, Özbekiston Energetika vazirligi xabar berdi.
“Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti bosqiçma-bosqiç tiklanmoqda. Qöşimça ma’lumot beriladi”, – deyiladi xabarda.
Xabar yangilandi: Vazirlik soat 16:32 da Surxondaryo viloyatining elektr ta’minoti 80 foizga tiklanganini xabar qildi. Qolgan hududlarda ham ta’minotni tiklaş çoralari körilmoqda.
“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborotiga köra, yagona energetika tizimida bir neça poğonali avariyaga qarşi avtomatika tizimi işlagan.
Kaktus.media'ning yozişiça, Qirğiziston poytaxti Bişkek, Qozoğistonning eng yirik şahri Olmaota va Tojikiston poytaxti Duşanbe şaharlarida elektr energiyasidagi ommaviy uzilişlar haqida xabarlar bor.
Tengrinews xabariga köra, KEGOC kompaniyasiga qaraşli elektr uzatiş tarmoqlarida avariyaga qarşi avtomatika tizimi 300 MW quvvat bilan öçgan, natijada Olmaota şahri va Olmaota viloyatidagi 10 ta tumanida elektr ta’minoti uzilib qolgan. Şaharda metro harakati töxtab qolgani aytilyapti.







