Biz tört yil davomida qöyilgan 61 mingdan ortiq maşinalar sotuviga oid e’lonlarni tahlil qildik. Taqqoslanadigan barça 90 ta guruhda avtomobillar narxi pasaygan, median pasayiş esa taxminan 33,5% ni taşkil etgan.

Gap faqat avtomobillarning yoşida emas. Narxlarning sezilarli qismi bozorning özgarişi, ya’ni bozorning özi arzonlaşgani bilan boğliq.

Maşinaning eskirişi bilan butun bozordagi narxlar pasayişini ajratişga harakat qildik

2023-yildagi avtomobilning örtaça narxini olib, uni 2026-yildagi örtaça narx bilan soliştirişning özi yetarli emas.

Bozor tarkibi doimo özgarib turadi. Bir yil köproq yangi Cobalt sotilsa, boşqa yilda eski Matiz’lar köproq sotilişi mumkin. Avtomobillarning modellari, yoşi va e’lonlar soni ham özgaradi.

Şu bois tadqiqot uçun narx indeksini tuzdik. U bir xil model va bir xil yoşdagi avtomobillar narxini turli oylarda soliştiriş imkonini beradi.

Agar 2023-yil iyunidagi körsatkiçni 100 deb olsak, 2026-yil iyuliga kelib indeks 70,6 gaça tuşgan.

Background+Border
Kun.uz

Bu model va yoşi hisobga olingan holda taqqoslanadigan avtomobil uç yilda taxminan 29% ga arzonlaşganini bildiradi.

Pasayiş bir maromda keçmagan.

2023-yil dekabrida indeks 88,3 darajasida bölgan. 2024-yil iyuniga kelib 80,4 gaça tuşgan. 2025-yil davomida bozor ma’lum vaqt deyarli bir xil darajada saqlangan, ammo 2026-yilning birinçi yarmida narxlarning pasayişi yana davom etgan. Yanvar oyida indeks 79,3 bölgan bölsa, iyul oyiga kelib 70,6 gaça tuşgan.

Bunda özgarişni faqat dollar kursi bilan izohlab bölmaydi. Aksinça, 2025-yil yakunlariga köra, söm dollarga nisbatan taxminan 6,9% ga mustahkamlandi, yillik inflyatsiya esa 7,3% gaça pasaydi.

Demak, avtomobil aktiv sifatida haqiqatan ham arzonlaşgan.

Cobalt qariyb 28%, Damas esa 40% dan ortiq arzonlaşdi

Bu ta’sirni deyarli butun model qatorida köriş mumkin.

2020-yilda işlab çiqarilgan Cobalt’lar 2023-yilda 13 ming dollardan sotuvga qöyilgan. 2026-yilga kelib, bunday avtomobillarning median narxi 9 350 dollar atrofida böldi. Narx 28% ga pasaygan.