Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning dastlabki olti oyida mamlakatda körsatilgan bozor xizmatlari hajmi ötgan yilning mos davriga nisbatan 16,9 foizga oşgan.

Xizmat turlari kesimida eng yuqori ösiş sur’ati moliyaviy xizmatlar sohasida kuzatilib, körsatkiç 126,3 foizni taşkil etgan.

Keyingi örinlarda me’morçilik, muhandislik izlanişlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar - 124,6 foiz, ta’lim xizmatlari - 122,7 foiz hamda aloqa va axborotlaştiriş xizmatlari - 122,1 foiz bilan qayd etilgan.

Şuningdek, köçmas mulk bilan boğliq xizmatlar 118,3 foiz, soğliqni saqlaş xizmatlari 116,8 foiz, savdo xizmatlari 114,9 foiz va transport xizmatlari 114,7 foizni taşkil qilgan.

Şaxsiy xizmatlarda ösiş sur’ati 114,2 foiz, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlarida 111,6 foiz, kompyuterlar va maişiy tovarlarni ta’mirlaş xizmatlarida 111,4 foiz bölgan.

Nisbatan past ösiş ijara xizmatlarida qayd etilgan - 107,4 foiz. Boşqa xizmat turlarida esa körsatkiç 116,3 foizni taşkil etgan.

Şu tariqa, yilning birinçi yarmi yakunlariga köra, Özbekiston xizmatlar bozorida moliya, muhandislik, ta’lim hamda axborot-kommunikatsiya yönalişlari eng jadal ösgan sohalar böldi.