Toşkent şahrining Uçtepa tumanidagi xonadonlardan birida yonğin sodir böldi. Uni öçirişda FVV qutqaruvçisi halok böldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.   

Ma’lum qilinişiça, 15-avgust kuni soat 3:41 da “112” tizimi orqali Toşkent şahar FVBB navbatçilik qismiga Uçtepa tumani Quyi Darxon mahallasidagi uylardan birida yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Şahar FVBB va FVV maxsus qutqaruv batalyoni qutqaruvçilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, yonğinni bartaraf etişga kirişgan.  

Yonğinning dastlabki soniyalaridanoq qutqaruvçilar uni bartaraf etiş bilan bir qatorda, xonadonda bölgan aholini zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilib, ularning hayotini saqlab qolişgan. FVV maxsus qutqaruv batalyoni otryad komandirining örinbosari – guruh komandiri, kapitan Boburmirzo Pardayev ham jasorat körsatib, insonlarni qutqargan. Biroq yonğinni bartaraf etiş jarayonida u  qahramonlarça halok bölgan.

Kun.uz manbasining xabar berişiça, marhum yonğin bölayotgan xonalardan birida öt öçirayotgan paytda uning ustiga yonib turgan uy tösini qulagan.

“U öz kasbining haqiqiy fidoyisi sifatida inson hayoti va xavfsizligini öz jonidan ustun qöyib, sönggi nafasiga qadar xizmat burçiga sodiq qoldi. Uning jasorati va fidoyiligi hamkasblari, qutqaruvçilik kasbi va yurtimiz ahli xotirasida hamişa saqlanib qoladi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati va şaxsiy tarkibi marhum qutqaruvçi Pardayev Boburmirzo Komiljon öğlining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.