Yevroittifoqqa a’zo böliş Turkiyaning ustuvor vazifalaridan emas, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan.
«Yevropa Turkiyani YeIga qabul qilişni istamayotgandek körinmoqda»,- dedi u Al Jazeera Arabic naşriga bergan intervyusida.
Uning fikriça, Turkiyaning Yevroittifoqqa qöşilmasligidan Anqara emas, Bryussel köproq yutqazadi.
Turkiya 1999-yilda YeIga kirişga nomzod bölgan, a’zolikka qabul qiliş böyiça muzokaralar esa 2005-yildan buyon davom etmoqda.
2026-yil iyulida Yevroparlament söz erkinligi kafolatlari va sud tizimining mustaqilligini ta’minlamaguniga qadar Turkiya bilan muzokaralarni töxtatib turişga çaqiruvçi rezolyutsiyani qabul qildi. Anqara uşbu rezolyutsiyani «içki işlarga noqonuniy aralaşuv» deb baholadi.









