AQŞning Kaliforniya ştatidagi Monterey şahrida ötgan avtomobil haftaligi doirasida Land Rover 2026-yilgi «Dakar» rallisida ğolib çiqqan D7X-R poyga maşinasining umumiy yöllarga möljallangan versiyasi – yangi Defender Dakar’ni taqdim etdi. Uşbu model brendning modellar qatoridagi eng ekstremal va qudratli Defender bölib, unda poyga avtomobiliga xos bir qator yeçimlar qöllaniladi.

 

Kapot ostiga 626 ot kuçi va 750 Nm aylanma momentga ega 4,4 litrli, qöş turbokompressorli V8 benzin dvigateli örnatilgan. Quvvati böyiça u hatto poygaçi D7X-R’dan ham ustun turadi, biroq undan farqli ölaroq, Defender Dakar umumiy foydalanişdagi yöllarda harakatlaniş uçun möljallangan.

Asosiy özgarişlar şassiga kiritildi. «Pnevmopodveska» örniga bu yerga yöltanlamasda tez yurişga moslaştirilgan Bilstein prujinalari va amortizatorlari örnatilgan, 35 dyuymli yöltanlamas şinalari esa 20 dyuymli zarblangan disklarga örnatilgan.

 

Avtomobilga ralli uçun möljallangan Defender’dan qum va şağalda harakatlaniş uçun maxsus rejimlar hamda ğayrioddiy «parvoz rejimi» ötgan. Bu rejim sakraşdan söng, yerga tuşiş paytida «podveska»ning işlaşini maxsus sozlab, haydovçiga qariyb uç tonnalik yöltanlamasni haqiqiy parvozga «yönaltiriş» imkonini beradi.

Taşqi körinişi ham poyga avtomobilini imkon qadar yodga soladi: karbon kapot, qöşimça havo yutgiçlar, tomdagi fonarlar va Dakar’ning öziga xos ranglari. Salonga sport örindiqlari, tört nuqtali xavfsizlik kamarlari örnatilgan va 2+2 örindiqlar sxemasi qöllanilgan.

 

Hozirça Land Rover faqat ehtimoliy xaridorlardan buyurtmalar qabul qilmoqda. Narxlar, aniq adadi va töliq texnik tavsiflari 2027-yil yanvar oyida «Dakar» rallisi paytida e’lon qilinadi, şundan söng rasmiy buyurtmalar oçiladi.