Yöl-transport hodisasi 11-avgust kuni Yunusobod tumanida sodir bölgan.

Ma’lum qilinişiça, 2002-yilda tuğilgan haydovçi Lacetti avtomobilini boşqarib ketayotib, 2003-yilda tuğilgan yigit boşqaruvidagi elektrovelosiped (skuter) bilan töqnaşgan.

YTH oqibatida skuter haydovçisi oğir tan jarohati olgan va Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Şifokorlar tomonidan tezkor tibbiy yordam körsatilib, jarrohlik amaliyoti ötkazilganiga qaramay, yigit 15-avgust kuni koma holatidan çiqmay, şifoxonada vafot etgan.

Marhumning otasiga köra, öğli Toşkentga bir neça oy oldin işlaş uçun kelgan. Dastlab kunlik işlarda mehnat qilgan yigit keyinçalik yetkazib beriş xizmatida işlay boşlagan.

Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.