7-noyabrga ötar keçasi va kunning keçki soatlarida Toşkentda havo sifati yomonlaşişi kutilmoqda. Noqulay meteorologik şaroit tufayli PM zarraçalari miqdori ortişi mumkin. Bu haqda Ekologiya qömitasi xabar berdi.

Maxsus komissiya atmosfera havosi sifatini monitoring qilişda davom etmoqda. Prognozlarga köra, 7-noyabrga ötar keçasi poytaxtda havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «sezgir guruhlar uçun nosoğlom», milliy indeks böyiça esa «sariq» darajada bölişi mumkin.

Tunda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va harorat inversiyasi atmosferaning quyi qatlamlarida havo almaşinuvini çeklaydi. Bu mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan ifloslantiruvçi moddalar hamda PM zarraçalarining tarqalişini sekinlaştiradi. Şu bilan birga, ğarbdan kirib kelayotgan havo massalarining tez harakatlanişi ifloslantiruvçi moddalarning tarqalişiga yordam berişi kutilmoqda.

7-noyabr ertalab havo sifati AQI böyiça «örtaça» darajagaça yaxşilanişi prognoz qilingan. Biroq keçki soatlarda kuçsiz şamol va noqulay meteorologik şaroit taʼsirida PM zarraçalari miqdori ortib, havo sifati yana «nosoğlom» darajagaça yetişi mumkin.

8-noyabr kuni havo sifati asosan «örtaça» va «sezgir guruhlar uçun nosoğlom», 9-noyabr ertalab esa «örtaça» darajada bölişi kutilmoqda. Milliy indeks böyiça uşbu davrda havo sifati asosan «sariq», qisqa muddatlarda esa «zarğaldoq» darajada bölişi mumkin.

Kunduzgi soatlarda havo haroratining kötarilişi va vertikal havo almaşinuvining özgarişi hisobiga havo sifati yaxşilanişi prognoz qilinmoqda.

Maʼlumot uçun, havo sifatini yaxşilaşga qaratilgan reyd tadbirlari 24/7 rejimida davom ettirilmoqda. Navbatdagi reydlar davomida Toşkent viloyati va poytaxtda jami 95 ta obyekt faoliyati örganildi.

Bundan taşqari, bugun poytaxtda havo sifati «yaşil» darajaga çiqdi. Umuman, oktabr oyida havo sifati ötgan yilning şu davriga nisbatan yaxşilandi.