Tojikiston Majlisi Oliysi Milliy Majlisi raisi, Duşanbe şahri hokimi Rustam Imomali 4-noyabr kuni rasmiy taşrif bilan Toşkentga keldi.

Toşkent xalqaro aeroportida uni Özbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinçi örinbosari, Toşkent şahri hokimi, Tojikistonning Özbekistondagi elçisi va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Özbekistonga rasmiy taşrifi doirasida Rustam Imomali Özbekiston tarixi va milliy davlatçiligiga hurmat ramzi sifatida Yangi Özbekiston boğida joylaşgan Mustaqillik monumenti poyiga gulçambar qöydi. Şundan söng, Toşkent şahrida «Yangi Toşkent» şaharsozlik loyihasining boş rejasi bilan tanişdi. Taqdimot davomida uşbu loyiha Özbekistonning muhim şaharsozlik taşabbuslaridan biri ekanligi taʼkidlandi.