Ukraina hukumati 19-avgust kuni Nikolay Gladişenkoni davlatga qaraşli «Sens Bank» kuzatuv kengaşi raisi vakolatlarini bajarişdan olti oyga çetlatiş töğrisida qaror qabul qildi.

Ukraina Moliya vazirligi matbuot xizmatiga köra, qaror Korrupsiyaga qarşi milliy byuro (KQMB) va Korrupsiyaga qarşi ixtisoslaştirilgan prokuratura (KQIP) tomonidan e’lon qilingan oçiq ma’lumotlar inobatga olingan holda qabul qilingan.

Vazirlik Gladişenkoning vaqtinça çetlatilişidan maqsad bank kuzatuv kengaşining lozim darajada va samarali işlaşiga tahdid solişi mumkin bölgan xavflarni bartaraf etiş ekanini bildirdi. Xususan, bankdan pul mablağlarini legallaştiriş maqsadida foydalaniş ehtimoli bilan boğliq xatarlar qayd etilgan.

Şuningdek, Ukraina Vazirlar Mahkamasi «Sens Bank» boşqaruvi raisi Aleksey Stupakni ham lavozimidan çetlatiş taşabbusini ilgari surdi.

Ukraina boş vaziri Sergey Koretskiy korrupsiyaga qarşi organlar oşkor qilgan ma’lumotlar tegişli huquqiy va siyosiy baho olişi kerakligini ta’kidladi.

«Korrupsiyaga qarşi organlar e’lon qilgan faktlar tegişli baholaşni talab qiladi va ular javobsiz qolişi mumkin emas. Işonç davlat moliya muassasasida faoliyat yuritişning prinsipial şartidir», - dedi u.

Boş vazir hukumat tergov materiallarida ismlari tilga olingan «Sens Bank»ning boşqa mansabdor şaxslariga nisbatan ham tegişli kadrlar böyiça qarorlar qabul qilinişini kutayotganini bildirdi.

«Forrest Gamp» operatsiyasi

19-avgust kuni KQMB «Sens Bank» kuzatuv kengaşi ofisida, jumladan Nikolay Gladişenko bilan boğliq joylarda tintuv ötkazgani ma’lum böldi.

Öşa kuni KQMB va KQIP «Forrest Gamp» deb nomlangan maxsus operatsiya doirasida sobiq energetika va adliya vaziri German Galuşçenko uçun garov pulini tölaş maqsadida mablağlarni legallaştiriş sxemasi foş etilganini bildirdi.

Tergov ma’lumotlariga köra, gap 150 million grivna naqd pul haqida bormoqda. Mazkur mablağlar bir neçta soxta kompaniyalar hisobvaraqlari orqali qonuniy muomalaga kiritilib, keyin garov puli sifatida tölanişi rejalaştirilgan.

KQMB ma’lum qilişiça, jinoiy sxema iştirokçilari orasida Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari, sobiq xalq deputati, davlat banki boşqaruvi raisi va kuzatuv kengaşi rahbari hamda boşqa şaxslar bölgan.

OAV ma’lumotlarida prezident ofisi rahbari örinbosari sifatida Irina Mudraya, sobiq deputat sifatida esa Maksim Mikitas nomi keltirilmoqda. Biroq bu şaxslarga oid ma’lumotlar tergov organlarining yakuniy xulosasi emas va ularning aybi sud qarori bilan tasdiqlanmagan.