Trader Joe’s – AQŞda maşhur va sevilmli brendlardan. Birinçi dökon Kalifroniyada bundan qariyb 60 yil avval oçilgan. Poytaxt Vaşingtonda esa birinçi uçta dökon 1998-yilda oçilgan. Bugungi kunga kelib, şaharda 30 ga yaqin filiallar faoliyat körsatmoqda. Xöş, amerikalik isteʼmolçi Trader Joe’s ning nimasini qadrlaydi?
Birinçisi – organik fenomeni. AQŞ isteʼmol madaniyatida organik mahsulotlarning qadri baland, bu tendensiya boşlanganiga ança yillar böldi. Trader Joe’s aynan organik takliflari bilan odamlarni qiziqtiradi. Biroq, Amerikada bunday taklifni faqat bu brendgina bermaydi.
Ikkinçidan, mahsulotlarning katta qismi aynan Trader Joe’s brendi ostida çiqariladi. Yaʼni dökon öz mahsulotlarini özi tanlaydi, nazorat qiladi va xaridorga taklif etadi. Makaron, un, ziravorlar – köp mahsulotlarda aynan brend yondaşuvini topasiz.
Bu yerga kelgan xaridorlar faqat oziq-ovqat emas, balki öziga xos tajriba uçun ham keladi. Dökon javonlarida boşqa supermarketlarda rostdan uçramaydigan mahsulotlarni topiş mumkin. Şu sababli köpçilik har safar yangi narsa va taʼmlarni sinab köriş uçun Trader Joe’sga kirib turadi.
Yana bir muhim nuqta şuki, işçi xalq uçun yarim tayyor va zararsiz mahsulotlar ayni muddao. Qatlama, pitsa, non, makaron, kotlet va steyklargaça yarim tayyori bor, ular zararli moddalardan yiroq.
Narxlar juda arzon emas, lekin öta qimmat ham emas. Balans yaxşi uşlangan.
Mutaxassislarning fikriça, dökonning muvaffaqiyat siri ham sifat va narx örtasidagi muvozanatda. Kompaniya mahsulotlarni köpinça işlab çiqaruvçilardan töğridan-töğri xarid qiladi. Bu esa ortiqça vositaçilar xarajatini kamaytirib, mahsulotlarni arzonroq narxda sotişga imkon bermoqda.
Trader Joe’s mijozlari orasida sodiqlik darajasi ham juda yuqori. Sönggi tadqiqotlardan biriga köra, xaridorlarning aksariyati bu yerdan xarid qilişda davom etişini bildirgan. Xaridorlar içida önlab yillardan beri bu dökonlarga keluvçilar köplab.
Trader Joe’s’da hatto şkalad, şirinlik va içimliklargaça organik desa böladi.
Ammo, AQŞda yaratilgan brendning bugungi egalari Germaniyadagi nemislar. Yaʼni. Amerikaliklar mehrini qozongan savdo belgisiga aslida boşqa davlat egalik qilmoqda.












