Ekologiya va iqlim özgariş qömitasi Toşkent viloyati Böstonliq tumani hududida daraxtlar qöporib taşlangani haqida tarqalgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Holat yuzasidan Toşkent viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi va Böstonliq tuman bölimi Ekopolitsiya xodimlaridan iborat işçi guruh tuzilib, voqea joyida örganiş işlari olib borilgan.
Örganiş davomida «Ğazalkent» MFY hududda «Y.D.» MÇJ tomonidan 2 gektar yer maydonida jami 586 tup (şundan qimmatbaho 9 tup dölana, 3 tup arça, kam qimmatli 3 tup toğ olçasi, 571 tup uçqat) daraxt noqonuniy ravişda ildiz qismi bilan qöporib taşlangani aniqlangan.
Xabarda holat yuzasidan tadbirkorga bir neça bor murojaat qilingani, ammo tadbirkor qonuniy talabga böysunmay, qarşilik körsatişga uringani taʼkidlangan.



«Ayni damda Ekopolitsiya tomonidan huquqbuzarlikka çek qöyildi. Maxsus texnikalar yordamida tuproq ostida qolgan daraxtlar çiqarib olinib, tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Unga köra, qonunbuzarlik natijasida jami 1 milliard 705 million 660 ming söm zarar yetkazilgani hisoblandi», – deyiladi qömita xabarida.
Holatga huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş maqsadida töplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiliş organlariga yuboriladi.

















