FVV qutqaruvçilari tomonidan toğli hududlarda fuqarolarga amaliy yordam körsatildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, Toşkent viloyati FVBBga kelib tuşgan xabarga asosan Böstonliq tumanida toğli hududlarda adaşib qolgan şaxslarni xavfsiz hududga olib çiqiş böyiça qutqaruv işlari amalga oşirilgan.

Xususan, Polvonak toğida adaşib qolgan 7 kişi hamda Oqtoş mahallasi hududidagi toğli joyda qolib ketgan 1 kişiga qutqaruvçilar tomonidan amaliy yordam körsatilgan. Ular xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Jarohatlanganlar yöqligi bildirilgan.

Vazirlik fuqarolardan toğli hududlarda harakatlanişda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilişni, yönaliş va ob-havo şaroitini oldindan hisobga olişni söragan.

Avvalroq Böstonliqda Katta Çimyon toğida adaşib, toğdan tuşolmay qolgan ikki kişi qutqarilgandi.