Turizm qömitasi turizmning faol turlarini rivojlantiriş çora-tadbirlarini belgilovçi qaror loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöymoqda.
Loyihada 2027-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvargaça faol turizm yönalişida foydalaniladigan avtomobillar, asbob-uskunalar va anjomlari importini bojxona bojidan ozod etiş taklif etilmoqda.
Röyxatga 40 ga yaqin pozitsiya kiritilgan: kvadrotsikl, UTV, SSV va baggi turidagi yölsiz transport vositalari, yöltanlamas avtomobillar, avtokemperlar va gidrotsikllar, paraşyut va paraplanlar, deltaplanlar, aeronavigatsiya asboblari, toğ va alpinizm anjomlari, suv turizmi jihozlari, portativ ratsiya va boşqa vositalar nazarda tutilgan.
Yölovçilar xavfsizligini ta’minlaş maqsadida respublikaning toğli hududlarida, jumladan Çorvoq, Zomin va Qamçiq dovoni yönalişlarida avtobus va mikroavtobuslar harakatlanişining alohida tartibi belgilanadi. Suğurta bozorini rivojlantiriş agentligi iştirokida esa faol turizm xizmatlarini suğurtalaş böyiça xorijiy tajribaga asoslangan taklif işlab çiqiladi.












