"Paxtakor" klubi jamoa himoyaçisi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya klubiga ötişi masalasi böyiça ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalgan fikrlar böyiça rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinişiça, klubga boşqa xorij klubidan rasmiy taklif yuborilgan xat kelib tuşmagan. Futbolçining agenti fransuz klubining sotib oliş huquqi bilan ijara taklifini taqdim etgan.

“Biroq bu taklif klubimizni qoniqtirmadi. "Paxtakor" jamoasidagi har bir futbolçining öziga yaraşa obrösi bor va biz öyinçilar uçun bildirilgan yaxşi takliflarni körib çiqişga tayyormiz. Qolaversa, Özbekistonda transfer davri yopilgan”, deyiladi rasmiy munosabatda.

Qayd etilişiça, jamoa mavsumning muhim pallasida turibdi va futbolçining örnini töldiriş imkoniyatiga ega emas.

“Har mavsum oldidan murabbiylar ştabi oldiga jiddiy vazifalar qöyiladi va bu yil ham şundan mustasno emas. Futbolçilar ötişi va transferlari böyiça qarorlar murabbiylar ştabi tomonidan vazifalardan kelib çiqib, jamoa manfaati asosida qabul qilinadi. "Paxtakor"ni oldinda Elit Çempionlar Ligasi kutmoqda. Uşbu musobaqada jamoaning vazifasi munosib iştirok etişdan iborat.

Şu sababli ayni paytda asosiy maqsadimiz jamoa tarkibini kuçaytirişdan iborat, uni kuçsizlantiriş emas”, deya taʼkidlagan klub.

Klubning bildirişiça, agar taklif vaqtliroq kelib tuşganda uni batafsil muhokama qiliş mumkin edi. “Paxtakor” yozgi transferlar paytida ikki nafar markaziy himoyaçi boşqa klublarga qöyib yuborilgani tufayli uşbu transfer böyiça taklifni faqat qişda körib çiqiş imkoni borligini maʼlum qilgan.