Deniyel Driskoll AQŞ Qurolli kuçlarini rivojlantiriş yönalişi va qator yuqori martabali ofitserlarni lavozimdan ozod etiş masalalarida mudofaa vaziri Pit Hegset bilan bir neça oy davomida kelişmovçiliklarga borgan. Bu haqda The Wall Street Journal manbalariga tayanib xabar berdi. Keyinçalik Reuters va AP ham uşbu maʼlumotni tarqatdi.
NBC News manbalari esa Oq uy Driskollning isteʼfosini qabul qilganini xabar qildi. The Wall Street Journal maʼlumotiga köra, u yaqin kunlarda Pentagondagi lavozimini tark etişi kutilmoqda.
Oq uy matbuot kotibining birinçi örinbosari Anna Kelli Driskoll AQŞ Quruqlik qöşinlari vazirligida Donald Tramp maʼmuriyati dasturini amalga oşirişda samarali işlaganini bildirgan.
Uning taʼkidlaşiça, Driskoll harbiy tayyorgarlik va qurollarning jangovar samaradorligiga ustuvor ahamiyat bergan, şuningdek, Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarga kömaklaşgan.
Driskollning isteʼfoga çiqişi mumkinligi haqidagi xabarlar avvalroq ham tarqalgan edi. The Wall Street Journal 21-avgust kuni u Pit Hegset bilan kelişmovçiliklar tufayli yil oxiriga qadar lavozimini tark etişni rejalaştirayotgani haqida yozgan.
Reuters bahosiga köra, Driskollning ketişi Donald Trampning ikkinçi prezidentlik muddati davrida Pentagon rahbariyatining turli böğinlarida amalga oşirilayotgan kadrlar almaşinuvining navbatdagi bosqiçi bölişi mumkin.
Jumladan, joriy yil aprel oyida AQŞ Quruqlik qöşinlari ştabi boşliği Rendi Jorj hamda qator boşqa yuqori martabali harbiy amaldorlar lavozimidan ozod etilgan edi.
Deniyel Driskoll AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vensning dösti va sobiq kursdoşi hisoblanadi. U 2025-yil noyabrida Kit Kellog örniga Donald Trampning Ukraina böyiça maxsus vakili etib tayinlangan.
Driskoll AQŞ Quruqlik qöşinlari vaziri lavozimini 2025-yil fevral oyidan buyon egallab kelayotgan edi. Reuters qayd etişiça, u bu lavozimda armiyani qurollantirişda «moslaşuvçan yondaşuv» tarafdori bölib, nisbatan arzon qurol-yaroğ xarid qilişni qöllab-quvvatlagan va yirik qurol işlab çiqaruvçilarni tanqid qilib kelgan.












