Tyane–Luntan köprigi Xitoyning Guansi-Çjuan avtonom rayoni, Xeçi şahar okrugi Tyane uyezdidagi Xunşuy daryosi ustidan qurilgan.
Köprikning asosiy arkali oraliği 600 metrni taşkil etadi. Bu beton arkali köpriklar uçun avvalgi 445 metrlik jahon rekordidan 155 metrga köp.
Inşootning umumiy uzunligi 2 488,55 metr bölib, u tört tasmali avtomobil harakatiga möljallangan - har ikki yönalişda ikkitadan harakat qatnovi mavjud. Köprik 2024-yilda foydalanişga topşirilgan.
Global Times maʼlumotlariga köra, Tyane–Luntan hozirda asosiy oraliği uzunligi böyiça dunyodagi eng yirik pölat-temirbeton arkali köprik sifatida qayd etilmoqda.
Loyiha avgust oyi oxirida Guansi provinsiyasining fan va texnika sohasidagi yutuqlari uçun beriladigan eng yuqori mukofotga sazovor bölgan. Hakamlar hayʼati köprik qurilişida qöllangan muhandislik yeçimlariga alohida eʼtibor qaratgan.
Mutaxassislar önlab yillar davomida 600 metrga yaqin oraliqqa ega beton arkalar quriş imkoniyatini örganib kelgan. Jumladan, Yaponiya, Xorvatiya va köpriksozlik böyiça katta tajribaga ega boşqa davlatlarda ham şunday loyihalar ustida işlar olib borilgan. Biroq amalda qurilgan köpriklarning oraliği 390 metrdan oşmagan.
Bunday katta beton arka qurilişidagi eng jiddiy muammo konstruksiyaning öz oğirligi hisoblanadi. Maʼlumotlarga köra, Tyane–Luntan köprigida uning öz vazni umumiy yuklamalarning 90 foizdan ortiğini taşkil etadi.
Bunda pölat karkasni örab turgan betonning özi konstruksiya massasining yarmidan köpini taşkil qilgan.
Şu sababli muhandislar arka konstruksiyasini qayta körib çiqib, beton miqdorini kamaytirişga qaror qilgan. Asosiy arka ikkita yuk kötaruvçi qovurğaga bölingan, nisbatan kam yuk tuşadigan qismlar esa konstruksiyadan çiqarib taşlangan.
Natijada arkaning kengligi 23 metrdan 13 metrgaça qisqartirilgan. Beton sarfi esa taxminan 40 ming kub metrdan 28 ming kub metrga tuşirilgan.
Hisob-kitoblarga köra, yangi konstruksiya asosiy oraliqning har bir metriga nisbatan 400 metr atrofidagi öxşaş köpriklarga qaraganda 22 foiz kam beton talab qiladi. Şu bilan birga, konstruksiyadagi kuçlaniş darajasi öxşaş körsatkiçda saqlab qolingan.
Quruvçilar beton quyişning yangi texnologiyalarini ham işlab çiqişiga töğri kelgan. Katta hajmdagi beton arkalarda yoriqlar paydo bölişini nazorat qiliş muhim hisoblanadi, çunki beton qotişi jarayonidagi harorat özgarişlari va içki kuçlanişlar konstruksiyaga qöşimça yuklama keltirib çiqarişi mumkin.
Yangi muhandislik yeçimlari köpriksozlikda uzoq vaqt texnik çegara sifatida qarab kelingan körsatkiçdan ötiş imkonini berdi. Ilgari anʼanaviy beton arkalarni 400 metrdan uzun qiliş öta murakkab deb hisoblangan. Beton bilan töldirilgan pölat quvurlardan yasaladigan arkalarda esa 500 metrdan keyin jiddiy texnik muammolar paydo bölişi qayd etilgan.
Tyane–Luntan köprigi esa 600 metrlik asosiy oraliqqa erişib, uzun oraliqli beton köpriklar qurilişi imkoniyatlarini yangi bosqiçga olib çiqdi.












