Toşkent viloyati IIBB YHXB xodimi, kapitan Otabek Hakimov Örta Çirçiq tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda yöl-transport hodisasi oqibatida avtomobil kanalga tuşib ketganini körgan.

Maşina içida bölgan ikki fuqaro çökib ketiş xavfi ostida qolgan.

Maʼlum qilinişiça, YPX xodimi vaziyatning xavfli ekaniga qaramay, zudlik bilan suvga tuşgan va fuqarolardan birini kanal qirğoğiga olib çiqişga muvaffaq bölgan.

Tezkor körsatilgan yordam natijasida avtomobil içida bölgan ikki fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

Jabrlanganlarga voqea joyida birinçi tibbiy yordam körsatilib, keyinçalik şifoxonaga yetkazilgan.

Kapitan Otabek Hakimovning harakatlari içki işlar organlari tomonidan eʼtirof etildi. U xizmat vaqtida körsatgan jasorati uçun pul mukofoti va esdalik sovğasi bilan rağbatlantirildi.