Delfi xabariga köra, hozirda Latviya va Rossiya örtasida faqat bitta muntazam avtobus yönalişi saqlanib qolgan. Uşbu yönalişda Ecolines brendi ostida işlaydigan Norma-A kompaniyasi har kuni reyslarni amalga oşirmoqda.

Kompaniyaga berilgan ruxsatnoma 2027-yil 9-yanvarga qadar amal qiladi. Latviya hukumati uning amal qiliş muddatini uzaytirişni rejalaştirmayapti.

Ayni paytda Rossiya va Belarusga nomuntazam avtobuslarda yölovçi taşiş Latviyada 2025-yil 1-noyabrdan buyon taqiqlangan. Dastlab uşbu çeklov 2026-yil 31-oktabrga qadar amal qilişi belgilangan edi. Endi rasmiylar uni yana 12 oyga uzaytirişni rejalaştirmoqda.

Şu bilan birga, Latviya Transport vazirligi muntazam avtobus reyslarining bekor qilinişi Rossiya va Belarusga boriş imkoniyatini butunlay yopmasligini tan olmoqda. Yölovçilar Estoniya yoki Litva orqali almaşib ötiriş yöli bilan bu davlatlarga borişi mumkin. Bundan taşqari, avtobus taşuvlariga oid mazkur çeklovlar mikroavtobuslarga tatbiq etilmaydi.

Latviya rasmiylari kelgusida ham bunday qatnovlarning xavfsizlik, iqtisodiy manfaatlar va mamlakatning xalqaro majburiyatlariga taʼsirini örganişni davom ettirmoqçi. Asosiy maqsad Boltiqböyi davlatlari va Yevropa Ittifoqi miqyosida umumiy yondaşuvni şakllantiriş ekani aytilgan.

Latviya hukumati avval ham öz fuqarolariga Rossiya va Belarusga safar qilmaslikni bir neça bor tavsiya qilgan. Mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati esa bunday safarlar çoğida fuqarolar maxsus xizmatlar tomonidan yollanişi xavfi mavjudligidan ogohlantirgan.

Rossiya va Belarus bilan avtobus qatnovlarini töliq töxtatiş rejalari haqida joriy yil may oyida ham xabar berilgan edi. Öşanda Ecolines çeklovlar natijasida kompaniyaning töğridan töğri yöqotişlari yiliga qariyb 4 mln yevroni taşkil qilişi mumkinligini hisoblab çiqqan. Avtobus parkining bekor turişi esa yana yiliga taxminan 2 mln yevro zarar keltirişi mumkin.

Avtobuslar Yevropa mamlakatlaridan Rossiya va Belarusga borişning nisbatan arzon transport vositalaridan biri bölib qolmoqda. Biroq yölovçilar çegaradagi tekşiruvlar sababli köp soatlik navbatlarga ham duç kelmoqda.