OpenAI maşhur yettita «mingyillik masalasi»dan biri bölgan Navye-Stoks tenglamalari yeçimi va silliqligi mavjudligi masalasi böyiça isbotini taqdim etdi. Kompaniyaning taʼkidlaşiça, uning yangi içki sunʼiy intellekt tizimi maʼlum şaroitlarda suyuqlik oqimi çeklangan vaqt içida singulyarlikka, yaʼni tezlik çeksiz ösa boşlaydigan holatga yetişi mumkinligini körsatgan.

Navye-Stoks tenglamalari suyuqlik va gazlar harakatini ifodalaydi. Ulardan, masalan, samolyotlarni loyihalaşda, ob-havoni başorat qilişda va qon oqimini örganişda foydalaniladi. Asosiy yeçilmagan savol şunday edi: bu tenglamalarning silliq uç ölçamli yeçimlari maʼlum bir nuqtada silliqligini yöqotib, «buzilişi» mumkinmi? Kley instituti uşbu muammo yeçimi uçun bir million dollar mukofot vaʼda qilgan edi.

OpenAI öz tizimi bunday ssenariyning matematik isbotini yaratganini taʼkidlamoqda. Keyin u rasmiy şaklga keltirilib, matematik isbotlarni avtomatik tekşiriş imkonini beradigan maxsus vosita - Lean tizimi yordamida tekşirilgan. Taklif etilgan yeçimda uyurma bir vaqtning özida ham aylanadi, ham çöziladi, şu sababli suyuqlikning umumiy energiyasi çeklanganligiça qolsa-da, uning tezligi çeksiz ortadi. Kompaniya isbot matni va uning rasmiy talqinini eʼlon qildi, biroq pul mukofotiga daʼvogar emasligini bildirdi.

Bez_imeni_1_1788936763
OpenAI
OpenAI yeçimidagi uyurma: trayektoriyalar suyuqlikning qanday qilib içkariga aylanib, bir vaqtning özida çözilişini körsatadi. Töq sariq rangda tezroq, feruza rangda esa sekinroq aylanadigan hududlar belgilangan.

Qayd qilinişiça, Navye-Stoks masalasi ustida bir vaqtning özida 10 mingga yaqin sunʼiy intellekt agenti işlagan. Ular taxminan 88 soatda natijaga erişdi, uning rasmiy tekşiruvi esa yana 17 soat vaqtni oldi. Tajribalar davomida agentlar 4,9 millionta xabar yuborib, 300 milliardga yaqin token sarfladi.

Biroq Nyu-York universiteti matematika professori Tristan Bakmaster OpenAI kompaniyasini özganing ğoyasini özlaştirib olganlikda aybladi. Uning sözlariga köra, kompaniya Bakmaster va Anthropic vakili, matematik Levent Alpogening hali eʼlon qilinmagan tadqiqoti haqida maʼlumot olgaç, muammo ustida keng kölamli iş boşlagan. Bakmasterning taʼkidlaşiça, bu yönaliş bilan juda kam sonli mutaxassislar şuğullangan, şu sababli yondaşuvlarning mos kelişi unga şubhali tuyulmoqda.

Bakmaster yeçim izlaşda OpenAI kompaniyasining Codex instrumentidan foydalangan va bu nazariy jihatdan OpenAI modellariga taʼsir etgan bölişi mumkinligini ham taxmin qildi. Kompaniya buni inkor etmoqda: tadqiqotçilar va sunʼiy intellekt agentlari Bakmaster va Alpogening materiallari eʼlon qilinişidan avval ulardan foydalaniş imkoniga ega bölmagan. Şu bilan birga, OpenAI öz mahsulotlaridan foydalaniş çoğida olingan anonim maʼlumotlarning modellarni öqitişga taʼsirini töliq istisno etmasligini tan oladi. Biroq kompaniya uning isboti ikki matematikning işidan sezilarli darajada farq qilişini alohida taʼkidlaydi.

Tomonlar örtasidagi muzokaralar atrofida alohida mojaro kelib çiqdi. Bakmasterning aytişiça, OpenAI xodimi Sebastyan Byubek murosaga kelişiş maqsadida Alpogeni mualliflar qatorida körsatmaslikni taklif qilgan. Bakmasterning sözlariga köra, rad javobidan söng Byubek tadqiqotçidan: «Nega öz karyerangni barbod qilmoqçisan?» - deb söragan.

OpenAI bu ayblovlarga izoh bermadi, ammo öz işini yakunlagaç, matematiklar bilan boğlanib, natijalarni birgalikda eʼlon qiliş imkoniyatini muhokama qilganini tan oldi.