FIFA prezidenti Janni Infantino taşkilot rahbarligiga navbatdagi saylovlarda öz nomzodini qöyişini tasdiqladi.
«Albatta, kelasi yilgi saylovlarda nomzodimni qöyaman. Mening dasturim yoki şiorim juda oddiy, ammo şu bilan birga juda aniq: «Futbol butun dunyodagi barçaga tegişli». Biz şunga intilmoqdamiz. Men şunga intilmoqdaman», – dedi u.
Infantino bilan boğliq mojaro FIFA prezidentining jahon futboli daromadlarini boşqariş tizimini isloh qiliş rejalari fonida avj olgandi. Iyul oyi oxirida şveysariyalik mulozim jahon çempionatlari va boşqa yirik turnirlar uçun barça media, homiylik va boşqa huquqlarni aksiyalarining bir qismini taşqi investorlarga sotiş rejalaştirilgan alohida tuzilmaga ötkazmoqçi ekani maʼlum böldi.
Bu ğoya darhol juda salbiy qabul qilindi: UEFA turnirlarni boykot qiliş bilan tahdid qildi, KONKAKAF, OFK va KONMEBOL ham tanqidiy munosabat bildirdi.
Qator mamlakatlar FIFA rahbarligiga saylovlarda Infantinoni qöllab-quvvatlaşdan voz keçdi.












