15-sentabr kuni Samarqandda şaxmat tarixidagi eng yirik jamoaviy turnir - 46-Butunjahon şaxmat olimpiadasining tantanali oçiliş marosimi bölib ötadi. Musobaqada butun dunyodan rekord hisobdagi 398 ta jamoa, 1974 nafar şaxmatçi va 240 nafar grossmeyster iştirok etadi.
Turnir favoritlari
Ayollar örtasidagi turnirda amaldagi çempion - eng kuçli tarkibda kelgan Hindiston terma jamoasi oltin medalga asosiy daʼvogar hisoblanadi. Boşlanğiç raqamlarga köra, hindistonliklarning asosiy raqiblari Gurjiston, Xitoy, Qozoğiston va AQŞ jamoalari bölişi kutilmoqda.
Erkaklar turnirida AQŞ terma jamoasi birinçi boşlanğiç raqamni oldi. Ikkinçi örinda - tarkibida hozirgi şaxmat qiroli Gukeş Dommaraju iştirok etayotgan 2024-yilgi çempion Hindiston terma jamoasi. Uçinçi raqam - turnir mezboni, Javohir Sindarov boşçiligidagi Özbekiston terma jamoasiga tegişli.
Musobaqa formati
Olimpiada Şveysariya tizimi böyiça 11 turda ötkaziladi. Har bir jamoa tarkibi 4 nafar asosiy va 1 nafar zaxira öyinçidan iborat. Vaqt nazorati klassik: dastlabki 40 ta yuriş uçun 90 daqiqa va qolgan partiya uçun 30 daqiqa, birinçi yurişdan boşlab har bir yurişdan keyin 30 soniya qöşiladi.
Matçdagi ğalaba uçun jamoa ikki oçko, durang uçun esa bir oçko oladi. Oçkolar teng bölib qolganda, qöşimça körsatkiçlar hisobga olinadi: Berger koeffitsiyenti (raqiblar töplagan oçkolar yiğindisi) va jamoa iştirokçilarining şaxsiy hisobdagi umumiy natijasi.
Sovrinlar
Erkaklar örtasidagi turnir ğolibi Lord Frederik Gustavus Gamilton-Rassel kubogini qölga kiritadi.
Ayollar örtasidagi turnir ğolibi esa - Vera Mençik kubogini.
Ikkala turnirda ham yakuniy örinlar yiğindisi eng kam bölgan mamlakat Nona Gaprindaşvili kubogi bilan taqdirlanadi.
FIDE prezidenti saylovi
Turnir bilan bir vaqtda FIDE Kongressi bölib ötadi. 26-sentabr kungi Boş assambleyada Xalqaro şaxmat federatsiyasining yangi prezidenti saylanadi. Bu lavozim uçun uçta nomzod kuraş olib boradi: germaniyalik Yan-Henrik Byuttner, rossiyalik Vadim Rozenşteyn va qozoğistonlik Timur Turlov.









